Ajinlarga qarshi kurashamiz

  • 10 mart 2017, 11:34
  • 7 498
  • Hayot tarzi
  • Ajinlarga qarshi kurashamiz

    Maqolada ajinga qarshi usullarning eng oddiy va osonlarini keltirib o‘tamiz.

    Ajinga qarshi massaj

    Bunday massaj terini namlantirib, undagi suv balansini tiklaydi. Yuz terisini kokos yoki bodom yog‘i bilan massaj qilishingiz mumkin. Ko‘z tagidagi ajinlarni yo‘qotish uchun kanakunjut moyi qo‘l keladi.

    Ajinga qarshi niqob

    Bunday niqobni uzumdan tayyorlash mumkin. Buning uchun uzum etini yaxshilab ezib, yuzga 20 daqiqaga surish lozim. Peshonadagi ajinlarga qarshi esa banan pyuresini niqob qilib surish yaxshi ta’sir qiladi.

    Sog‘lom hayot tarzi

    Go‘zalligimiz ko‘p hollarda hayot tarzimizga bog‘liq bo‘ladi. Horg‘inlik yoki aksincha, yaxshi kayfiyat birinchi navbatda yuzimizda o‘z ifodasini topadi. Shu tufayli mutaxassislar yoshga bog‘liq ajinlarga qarshi kurashda eng oson va tabiiy yo‘l — sog‘lom hayot tarzini tavsiya etadi. Quyida bunday turmush tarzi olib borishning oltin qoidalarini keltirib o‘tamiz.
    1. Chekishni tashlang
      Tamaki tutuni teriga salbiy ta’sir qilib, uning tarkibidagi kislorodni kamaytiradi, natijada hujayralar yangilanishi jarayoni sekinlashadi.

    2. Terini quyoshdan himoya qiling
      Quyoshli havoga chiqishdan avval teriga ultrabinafshali krem surib, ko‘zoynak taqib oling. Quyosh nuri terining barvaqt qarishiga olib keladi.

    3. Piyoda sayr qilib turing
      Toza havo terini kislorod bilan boyitib, uning go‘zalligi va yoshligini uzaytiradi.

    4. To‘g‘ri ovqatlaning
      Terini yaxshilash uchun meva va sabzavotlar (kletchatka va vitaminlar), dengiz mahsulotlari, go‘sht va tuxum (oqsil), sut-qatiq (oqsil va kalsiy), suli yormasi (ovsyanka) va don mahsulotlari (uglevodlar), yong‘oqlar (oqsil va yog‘lar), asal iste’mol qilish lozim.

    5. Yuz terisini tozalab turing
      Teri nafas olib, tiniq va yosh ko‘rinishi uchun uni har kuni kosmetik vositalardan tozalab, yuvish bilan birgalikda, haftada kamida bir marta yumshoq skrablarni ishlatish lozim. Ular yuz terisining o‘lik hujayralarini archib tushiradi.

    6. Ortiqcha asabiylashmang
      Ish kunlari va og‘ir ish haftasi so‘ngida dam olib, o‘zingizni «qayta tiklash»ni o‘rganing.

    7. Ko‘proq harakatlaning
      Har kuni jismoniy mashqlar bajaring, yoga, raqs, suzish va boshqalar bilan shug‘ullaning. Shunday faollik chog‘ida teri kislorod bilan boyib, o‘zidagi zararli toksinlarni chiqarib yuboradi.

    Manba: Daryo

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ajinlarga qarshi kurashamiz