08:24 / 11.03.2017
7 463

Qaysi buyumlarni kimyoviy tozalashga berish mumkin va kerak?

Qaysi buyumlarni kimyoviy tozalashga berish mumkin va kerak?

Agar siz hali ham plissirovkali yubkani qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalashga berishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz – bu maqola siz uchun.

Kostyumlar

Pidjak va shimlarni yuvgandan keyin avvalgi holatiga keltirish juda qiyin. Shuning uchun ularni kimyoviy tozalashga topshirgan ma’qul.

Plissirovkali buyumlar

Agar yubka yoki bluzka qat-qat qilingan bo‘lsa, uni yuvish bilan shug‘ullanuvchi professionallarga berish kerak.

Naqsh solingan buyumlar

Futbolka va ko‘ylaklarni bezash uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar avaylab yuvishga mo‘ljallangan. Bezak naqshlari siz uchun muhim bo‘lsa, yaxshisi kimyoviy tozalashga bergan ma’qul.

Bezakli buyumlar

Zar va munchoqlar buyumlarga qo‘lda tikilgani uchun ular unchalik mahkamlanmagan. Bunday kiyimlarni qo‘lda yuvsa ham bo‘ladi.

To‘q rangli shoyi buyumlar

To‘q rangli shoyi buyumlar yuvilishda boshqa kiyimlar rangini buzishi mumkin. Buni tekshirish uchun buyumning bir uchini ho‘llang va oq qog‘oz sochiqcha bilan ishqalab ko‘ring. Agar sochiqchada iz qolgan bo‘lsa, kiyimni kimyoviy tozalashga bering.

Viskoza va shifondan qilingan kiyimlar

Yupqa sintetik matolardan tikilgan kiyimlar hatto avaylab yuvilganda ham g‘ijimlanib qoladi. Shuning uchun ularni yuvishga bergan ma’qulroq.

Astarli kiyimlar

Plashlar, yubkalar, palto — astarli kiyimlarning hammasini juda avaylab yuvish zarur bo‘ladi. Eng oson va arzon yo‘li – ularni yuvishni yaxshi biladiganlarga topshirish.

Charm va baxmalsimon yumshoq charm

Ba’zilar bunday buyumlarni uyda ham tozalash mumkinligini ta’kidlasa ham, kiyimlaringizning xavfsizligi uchun kimyoviy tozalashdan pulingizni ayab o‘tirmang.

Manba: «Daryo»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi buyumlarni kimyoviy tozalashga berish mumkin va kerak?