Butunlay urfdan qolgan 5 ta kiyim-kechak

  • 14 mart 2017, 07:53
  • 6 431
  • Hayot tarzi
  • Dizaynerlar namoyishlaridagi moda trendlari ba’zan bir nechta mavsumgacha saqlanib qolishi mumkin. Va, umuman, moda qaytib kelish xususiyatiga ham ega. Ammo ba’zi kiyim-kechaklar butunlay eskirib bo‘lgan. Siz bachkana va eskicha ko‘rinishni istamasangiz, ulardan voz kechganingiz ma’qul.
    Butunlay urfdan qolgan 5 ta kiyim-kechak

    Par kamzul

    U sizni semiz qilib ko‘rsatish bilan birga, hech qanday foyda ham keltirmaydi: qahratonda uni kiyib bo‘lmaydi — qo‘llar muzlaydi, iliq havoda esa juda issiqlik qiladi.

    Uggi

    Original etikning klassik variantini biroz maqbul deb hisoblash mumkin, ammo rang-barang toshlar va kashtalar bilan bezatilgan uggi — mutlaqo antitrend.

    Yashirin platformali tufli

    Bunday poyabzal noqulay bo‘lishdan tashqari, qo‘rqinchli ko‘rinishga ham ega. Oddiy «lodochka» tufli yoki kichikroq platformali tufli undan ancha bashang ko‘rinadi.

    Turli naqshlar tushirilgan kolgotka

    Agar kolgotka kiysangiz, hech qanday tasvir va zarlari bo‘lmagan neytral qora yoki badaningiz rangiga mos bo‘lgan tana rangidagisini tanlang. Qolgan variantlardan dadillik bilan voz keching.

    Kiyimlardagi «bolalarga xos» printlar

    Mushukchalar, ayiqchalar va mikki-mauslar yosh bolalarga yarashadi, ammo 18 yoshdan oshgan qizlar uchun bunday printlar bema’ni va bachkanadir. Kapalaklar va katta-katta gullar ham shular sirasiga kiradi. Biroq mayda gulli print ayni paytda eng aktual printlardan.

    Manba: Daryo

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Butunlay urfdan qolgan 5 ta kiyim-kechak