09:45 / 15.03.2017
6 530

Ayollar uchun foydali 6 ta mobil dastur

Ayollar uchun foydali 6 ta mobil dastur

Gadjetlardan bir daqiqa ham ajralmasangiz, hamma narsani tizimlashtirishga intilsangiz — biz tuzgan foydali dasturlar ro‘yxati sizga yoqib tushishiga aminmiz.

Puzzle Alarm Clock

Ertalablari qiyinchilik bilan uyg‘onasizmi? Ushbu dastur bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Budilnikning ovozini o‘chirish uchun telefon ekranini bosib qo‘yish etarli emas, miyani ishlatishingiz, aniqrog‘i, mantiqiy jumboq yoki boshqotirmani echishingizga to‘g‘ri keladi. Bunday sinovlardan so‘ng uyquni davom ettirish istagi yo‘qoladi.

The Fabulous

Dasturni o‘rnatganingizdan so‘ng, u sizga to‘g‘ri ovqatlanish va ozish, diqqatni oshirish, uyqu sifatini yaxshilash, g‘ayratliroq bo‘lishdan iborat to‘rtta variantni tanlash uchun taklif qiladi. Tanlovni amalga oshirgach, dastur doimiy ravishda bajarish kerak bo‘lgan harakatlar ro‘yxatini tuzib beradi.

Proud

Proud dasturi esa motivasiya etishmaganda yordamga shoshiladi. U vazifalaringizning tushunarli ro‘yxatini tuzish imkonini beradi, ularning har biri uchun muddat belgilash, so‘ng olingan natijalarni tahlil qilish mumkin.

Agar sizni ilhom butunlay tark etgan bo‘lsa, dasturda «super kuch» tugmasi nazarda tutilgan. Uning yordamida bir nechta opsiyalarni tanlash mumkin: dastur nazorati ostida to‘g‘ri nafas olish orqali stressni engish, ma’lum bir vazifa uchun o‘zingizga ko‘proq vaqt berish yoki o‘zingiz bitkazgan loyihalarning muvaffaqiyati sirini topish uchun o‘tmishni «kovlashtirish».

Packing Pro

Safarga otlanyapsiz va nimanidir unutib qoldirishdan xavotirlanyapsizmi? Packing Pro yordam beradi! Dastur oilaning har bir a’zosi uchun sayohatda zarur bo‘ladigan buyumlar ro‘yxatini tuzish, saqlash, tahrirlash, moslashtirish imkonini beradi.

Stocard

Do‘kon kassasida diskont kartochkalaringizni sumkangiz ichidan qidirib o‘tirmasligingiz uchun, chegirma kartalarining barcha ma’lumotlarini Stocard dasturiga kiritib qo‘ying. Asosiysi — telefonni uyda unutib qoldirmang.

MatchCo Makeup

Makiyaj uchun tonal asos tanlash — juda muhim. Ammo hamma ham o‘z yuz rangiga mos tonal kremni to‘g‘ri tanlay olmaydi. Kosmetika do‘koniga o‘z maqsadingizni tushungan holda kelish uchun MatchCo Makeup dasturidan foydalanishingiz mumkin. Dastur yuzingizning turli qismlaridagi teri rangini skanerlab, tonal kremning optimal rangini tanlab beradi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar uchun foydali 6 ta mobil dastur