19:32 / 16.03.2017
24 127

Ozish jarayonini osonlashtiruvchi 5 ta mahsulot

Ozish jarayonini osonlashtiruvchi 5 ta mahsulot

Maqolada ozish maqsadida parhez tutayotganlar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni sanab o‘tamiz.

Tarvuz

Ko‘p shirin gazli ichimlik va do‘konda sotiladigan sharbat ichuvchi, pishiriqlar, kolbasa va boshqa texnologik ishlov berilgan oziq-ovqatlarni ko‘p eydigan kishilarda magniy etishmasligi kuzatiladi. 150 g tarvuz esa kishining magniyga bo‘lgan sutkalik talabini qondiradi.

Mutaxassislar tarvuzning boshqa xususiyatlarini ham qayd etadi. Chunonchi, unda kaliy tuzlari ko‘p miqdorda bo‘lgani sababli u yaxshigina peshob haydash xususiyatiga ega. Shu tufayli u ozish jarayonida yuzaga keladigan shishishlardan xalos etadi.

Pomidor

Pomidor C vitaminiga, shuningdek, ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiluvchi likopin moddasiga ega. Likopin ozayotganlar uchun ham foydalidir: u yog‘lar parchalanayotgan paytda yuzaga keladigan yallig‘lanishni yo‘qotadi. Likopin yaxshi singishi uchun uni dimlab yoki yog‘lar bilan birga (masalan, zaytun yog‘i) iste’mol qilish zarur.

Olma

Olmaning asosiy qimmati — pektin. Ushbu tabiiy sorbent organizmdan yog‘lar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan og‘ir metallar, radionuklidlar va zararli mahsulotlar tuzlarini chiqarib tashlashda yordam beradi. Mikroelementlarning keng turlariga ega bo‘lish uchun turli rangdagi olmalarni tanovvul qiling.

Asal

Ushbu mahsulot tarkibidagi fitonsid tufayli eng yaxshi antiseptiklardan biri hisoblanadi. U to‘qimalar tez tiklanishiga turtki beradi, shu sababli yoshlik va go‘zallikni saqlab qolishda muhimdir. Asal yuqori kaloriyaga ega ekanligi va qondagi qand miqdorini oshirishini hisobga olib, uni nonushtadan keyin kuniga ko‘pi bilan 1 choy qoshiq miqdorida iste’mol qilish maslahat beriladi.

Yong‘oq

Yong‘oq ishtahani yaxshigina bosadi, omega-3 polito‘yinmagan yog‘ kislotalari bilan to‘yintiradi va glyukoneogenez — ozish paytida muskul to‘qimasi glyukozaga aylanishi oldini oladi.

Yong‘oqni quritib yoki xom holda eyish tavsiya etiladi, qovurilish chog‘ida ular tarkibidagi yog‘ oksidlanadi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozish jarayonini osonlashtiruvchi 5 ta mahsulot