13 335
Sho‘r bo‘lib ketgan ovqat, qattiq bo‘lib ketgan xamir va boshqa pazandalik xatolarini tuzatamiz
Sho‘rvani sho‘r qilib yubordingizmi? Yoki ziravorlarni juda ko‘p solib yubordingizmi? Maqolada pazandalik xatolarini tuzatib, buzilgan taomlar «hayotini saqlab qolish» yo‘llaridan xabar topasiz.
Ovqat juda sho‘r bo‘lib ketsa…
Ovqatning tuzi o‘ta ko‘p bo‘lib, ketsa, ta’mni muvozanatlashtirishga harakat qilish kerak. Masalan, bunday holat salat bilan sodir bo‘lsa, tuzlanmagan masalliqlarni qo‘shish kerak bo‘ladi, shuning hisobiga salatning tuzi kamayadi. Sho‘rvaga esa u nimadan tayyorlanayotganiga qarab, suv, kokos suti yoki qaymoq qo‘shishingiz mumkin. Bundan tashqari, limon suvi, sirka yoki bir qoshiq shakar ham tuz ta’mini kamaytiradi.
Qalampir ko‘p bo‘lib ketsa…
Achchiq ta’mni neytrallashtiruvchi eng yaxshi vosita — sut. Qalampirda kapsaisin bo‘ladi, aynan shu alkaloid achchiq ta’m bilan ta’minlaydi. Sut tarkibidagi kazein esa uning ta’sirini kamaytirishda yordam beradi. Shuningdek, achchiq ta’mni yong‘oq yog‘i ham bostiradi. Ammo uni qo‘shishdan oldin u taomning boshqa masalliqlariga mutanosib ekanligiga ishonch hosil qiling.
Xamir juda suyuq yoki quyuq bo‘lib ketsa…
Xamir qorishda ba’zan keragidan ortiqcha suyuq yoki qattiq bo‘lib ketishi mumkin. Suyuq xamirga un qo‘shish orqali vaziyatni tuzatish mumkin. Ammo qattiq xamirda bu biroz qiyinroq bo‘ladi: uni biroz miqdordagi sovuq suvni asta-sekinlik bilan qo‘shish orqali o‘zimiz istagan holatga keltirsa bo‘ladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?