Bahorgi allergiyadan xalos bo‘lishning 7 usuli

  • 17 mart 2017, 20:02
  • 5 093
  • Hayot tarzi
  • Bahorgi allergiyadan xalos bo‘lishning 7 usuli

    Bahor – allergiklar uchun qiyin fasl. Gullayotgan o‘simliklar hatto quyoshli kunda ham kayfiyatni buzishi mumkin. Lekin, gullagan daraxtlar, changlar va zamburug‘larga qaramlikni kamaytirishga yordam beradigan muhim qoidalar bor.

    Allergolog shifokorlar muntazam ravishda bezovta qiluvchi «bahorgi-yozgi» tumov va ko‘z yoshlanishidan xalos bo‘lishga yordam beradigan bu oddiy qoidalarga rioya qilishni maslahat beradi.
    1. Sochlaringiz orasida va teringizda o‘simliklar changlari yopishib qolmasligi uchun har kuni uxlashdan oldin boshingizni yuving, shuningdek albatta dush qabul qiling.
    2. O‘zingizni qo‘lga oling. Nyu-Yorkdagi Tibbiyot markazida o‘tkazilgan tadqiqotlardan birida aniqlanishicha, stressni boshdan kechirganlarning ko‘pchiligi allergiya bilan kasallangan kishilar ekan.
    3. Burningizni tozalang. Bir sutka davomida burun orqali 17 ming litr atrofida havo o‘tar ekan. Yuqori nafas yo‘llari shilimshiq qavatida qanchadan-qancha mayda zarrachalar o‘tirib qolishini hatto tasavvur ham qilish qiyin. Shuning uchun har kuni burningizni yuvib turing.
    4. Choyshablarni qaynating. Kichik choyshab va yostiq jildini har ikki haftada juda issiq suvda yuvish zarur. 30—40 darajali suvda yuvilgan choyshablardagi eng keng tarqalgan allergiya qo‘zg‘atuvchi yotoq kana-saprofitlari o‘lmaydi.
    5. Tozalash ishlarini to‘g‘ri bajaring. Ho‘l tozalash, shubhasiz uy uchun juda foydali. Lekin, gilamlar va yumshoq mebellarni changyutgich bilan tozalash birmuncha samaraliroq natijalarni beradi.
    6. Ignaterapiyani sinab ko‘ring. Michigan immunologik markazida o‘tkazilgan oxirgi tekshirishlarga ko‘ra, astma kasalligining mavsumiy xurujlarini davolashda sharq tabobati juda muvaffaqiyatli usul hisoblanishi ma’lum bo‘ldi.
    7. Uy havosi nam bo‘lganda quritish, quruq bo‘lganda esa namlovchi vositalardan foydalaning. Yuqori namlik ham, yuqori quruqlik ham allergiya xurujini keltirib chiqaradi.

    Manba: «Daryo»

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bahorgi allergiyadan xalos bo‘lishning 7 usuli