10:07 / 19.03.2017
22 722

5 daqiqada yumshoq rulet tayyorlaymiz

5 daqiqada yumshoq rulet tayyorlaymiz

Hammamizga uyda tayyorlangan pishiriqlar juda yoqadi. Agar pishiriqlar tayyorlashga vaqtingiz etishmasa, mana bu usul yordamida rulet tayyorlash juda oson. Uni pishirishga bor-yo‘g‘i 5 daqiqa vaqtingiz ketadi. Tayyorlash usulini yozib oling.

Masalliqlar:
  • quyultirilgan sut — 1 banka
  • tuxum — 1 dona
  • un — 1 piyola
  • yarim qoshiq soda

Pishirish:
  1. Hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.
  2. Tunuka tova ichiga qog‘oz to‘shang va unga aralashmani bir tekisda quying.
  3. Xamir deyarli 5—7 daqiqada davomida pishib chiqadi.
  4. Faqat, siz rulet ichiga solinadigan masalliqlar: qaymoq, quyultirilgan sut, shokoladlardan birortasini tanlashingiz kerak bo‘ladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 5 daqiqada yumshoq rulet tayyorlaymiz