17:47 / 19.03.2017
9 771

Bahorda sochlarni parvarish qilish qoidalari

Bahorda sochlarni parvarish qilish qoidalari

Mart oyi bahor fasliga oid bo‘lib hisoblansa ham, ob-havo hali ham qishdagidek sovuq. Agar siz bahorda ko‘rkam soch turmaklari bilan chiroyli bo‘lib yurishni xohlasangiz, qishning sovuq paytlarida zaiflashib qolgan sochlaringizni parvarish qilishni hozirdan boshlang.

Shapka kiying

Yilning sovuq paytlarida sochlarning doimo sog‘lom va chiroyli bo‘lib turishining zaruriy sharti – issiq tutish. Shuning uchun havo harorati nolga yaqinlashishi bilan shapka kiying va to isib ketmaguncha uni echmang.

Gap shundaki, sovuq ta’sirida bosh terisi tomirlari torayadi, soch ildizlari esa haddan tashqari sovib ketishi oqibatida sochlar quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Sochingizga mos taroq tanlang

Agar siz jundan to‘qilgan shapka kiysangiz ham sochlaringiz elektrlanayotgan bo‘lsa, bunga taroq sababchi bo‘lishi mumkin.

Metall va plastmassa taroqlardan voz keching. Ulardan ko‘ra yog‘och taroqlarning afzal tomonlari ko‘proq. Yog‘och taroqlar sochlarni elektrlanishdan saqlaydi, bundan tashqari bu taroqlar bilan ho‘l sochlarni ham tarash mumkin.

Yog‘ qo‘shing

Oziqlantiruvchi yog‘lar soch yuzasida tashqi ta’sirlardan himoya qiluvchi qatlam yaratadi va ular orqali sochlarni o‘rab turadi.

Bu yog‘larning samarasi darrov bilinadi – sochlar tetiklashadi, yaltiraydi va hurpayib ketmaydi. Asosiysi vositani to‘g‘ri surish: boshni yuvgandan keyin va faqat uchlariga.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bahorda sochlarni parvarish qilish qoidalari