20:26 / 21.03.2017
15 851

Qanday qilib vannani ko‘p pul sarflamasdan oqartirish mumkin?

Qanday qilib vannani ko‘p pul sarflamasdan oqartirish mumkin?
Taklif etilayotgan usul katta mablag‘, maxsus bilimlar va birovning yordamini talab qilmaydi. Tozalash jarayonida sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kimyoviy vositalar ham ishlatilmaydi.

Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
  • kalsinasiyalangan soda;
  • oddiy ichimlik sodasi;
  • birorta oqartiruvchi vosita;
  • oddiy sirka.

Bundan tashqari, tozalash texnologiyasi ham juda oson:
  1. Ichimlik va kalsinasiyalangan sodalar o‘zaro aralashtiriladi. Har biridan 2 osh qoshiqdan olinadi. Hosil bo‘lgan aralashma oldindan ho‘llangan vannaga surib chiqiladi.
  2. 5—10 daqiqadan so‘ng vannaga birinchi qatlam ustidan 50 grammdan sirka va oqartiruvchi qo‘shilgan yangi aralashma suriladi.
  3. Ikkinchi qatlam surilgandan 30 daqiqadan keyin vannani ko‘proq suv bilan yaxshilab yuvib tashlash zarur.

Shunday qilib, natija – yana qordek oppoq vannaga ega bo‘ldingiz!

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib vannani ko‘p pul sarflamasdan oqartirish mumkin?