Yuzingiz terisi silliq bo‘lsin desangiz…
1) Xushbo‘y o‘tlar qaynatmasiga botirilgan kumush qoshiq bilan yuzingizni massaj qiling.
2) Husnbuzarlardan qutulish uchun choy daraxti va lavanda efir yog‘lari asosida tonik tayyorlang. Bunday tabiiy antiseptik yuzda paydo bo‘ladigan har qanday yallig‘lanishning oldini oladi.
3) Epidermisni tozalashda tuxum sarig‘i va limon sharbatidan tayyorlangan niqob yordam beradi. Shuningdek, bunday hollarda ezilgan yashil olmaning asal, maydalangan gerkules yormasi va yogurt bilan aralashmasidan tayyorlangan niqob ham yordam beradi.
4) Qarishning birinchi belgilariga qarshi kurashishda chakanda sharbati, asal va tuzli niqob yordam beradi. Uxlashdan oldin ko‘zingiz atrofi terisiga kanakunjut yoki shaftoli yog‘i suring, ertalab va kechqurun esa yuzingizni choy paketlari bilan arting. Muntazam ravishda shifobaxsh o‘tli, ayniqsa yalpizli choy ichish yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ichimlik organizmni tozalash bilan birgalikda tinchlantirishga va yaxshi uxlashga ham yordam beradi.
5) Allergik toshmalar izini kalanxoening 1:3 miqdordagi suv bilan aralashmasidan qilingan kompress ketkazishga yordam beradi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi