20:11 / 24.03.2017
11 629

Quruq mevalar — foydami yoki zarar?

Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
Quruq mevalar o‘zining sog‘lig‘iga e’tibor beruvchilar uchun haqiqiy topilma hisoblanadi. Quruq mevalarning asosiy ahamiyati — yengil hazm bo‘luvchi minerallarning noyob yig‘indisi, shuningdek organizmga keraksiz yog‘larning yo‘qligi.

Quruq mevalarning foydasi va zarari

Zamonaviy hayot maromi odamlarni ko‘proq yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilishga majbur qilmoqda. Bunday tamaddilar uchun turli xildagi quruq mevalar juda mos keladi. Lekin ularni qancha miqdorda iste’mol qilish foydali ekanligini aniqlab olish zarur.

Bir tomondan, quruq mevalar — vi­ta­mi­nlar, mi­k­ro­ele­men­tlar va bi­o­lo­gi­k faol moddalarga juda boy. Lekin ikkinchi tomondan, bu ortiqcha kaloriyaga ham boy demakdir. Aynan shu ikki qarama-qarshi holat bizga bu tabiiy shifobaxsh mahsulotdan katta foyda olishga xalal beradi.

Bir kunda 150 g quruq mevalar iste’mol qilinsa 3—4 tamaddilarning o‘rnini bosishi mumkin. Agar siz ishtahani tiyish uchun quruq mevalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ularni sekinlik bilan va yaxshilab chaynab eyish zarur. U holda, o‘zingizni to‘q his qilishingiz uchun sizga 2—3 dona o‘rtacha kattalikdagi quruq mevalar etarli bo‘ladi.

Agar siz ozmoqchi bo‘lsangiz, quruq mevalarni tvorog, bo‘tqalar, qotgan non yoki choy bilan birga eyishingiz kerak. Shunda ham foydali, ham mazali bo‘ladi.

Qaynatilgan mevalarni tashlamang: ular pektinlar va kletchatkalarga boy va tarkibida esa shakar juda kam.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quruq mevalar — foydami yoki zarar?