22:31 / 24.03.2017
22 968

Ko‘k choy ichish mumkin bo‘lmagan holatlar

Ko‘k choy ichish mumkin bo‘lmagan holatlar
Ko‘k choy yurak ritmini izdan chiqarishi mumkin, qon bosimi past yuradigan kishilarda esa, uni yana pasaytirib yuborishi mumkin.

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, ba’zi kishilarga ko‘k choy ichish yaramaydi.

Bu xususan, yurak-qon tomir tizimida xastaligi bor kishilarga taalluqlidir.

Shuningdek, o‘nikkibarmoqli ichagida kasalligi bor kishilarga ham ko‘k choy ichish mumkin emas. Bunday holatda ko‘k choy ichish oshqozon va ichaklarga zarar etkazadi.

Ko‘k choy ichishdan qalqonsimon bezlarida kasalligi bor kishilar ham o‘zlarini tiyishlari lozim. Emizikli onalar ko‘k choy ichishlari ularning tiniqib uxlashlariga zarar qiladi.

Ko‘k choyda mavjud bo‘lgan kofein va teofilin moddalari taxikardiya xastaligini keltirib chiqarishi mumkin va asab tizimi faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.

Glaukoma va podagra kasalliklari bor kishilarga bu choyni ichish tavsiya etilmaydi.

Choy qancha ko‘p dam esa, undagi purin kislotasi shunchalik ko‘payadi.

Bundan tashqari ko‘k choyni cheklanmagan ko‘p miqdorda ichish mumkin emas. Bu esa, buyraklarda tosh paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘k choy ichish mumkin bo‘lmagan holatlar