Turmushda ham, ishda ham eng oddiy vositalar haqiqiy yordamchilar bo‘lib qolishi mumkin. Hatto siz ba’zi birikmalarning xossalari to‘g‘risida eshitmagansiz ham. U holda, foydali maslahatlar bilan tanishamiz.
1. Barmog‘ingizni kesib oldingizmi? Qonni to‘xtatish vositasi yo‘qmi? Kesilgan joyga shakar sepsangiz muammo hal bo‘ladi.
2. Ta’mirdan keyingi bo‘yoq hidini idishga solingan tuz ketkazadi.
3. Avtomashina oynasi terlamasligi uchun tuzli suvga botirilgan nam doka bilan arting.
4. Sabzavotlar qaynatilgan suv bilan uy o‘simliklarini sug‘orsa bo‘ladi.
5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘i yordamida plita ustidagi zangni ketkazish juda oson.
6. Bir xil miqdorda olingan sut va sirka aralashmasi stol ustiga to‘shalgan kleyonkani yorilishdan saqlaydi.
7. Yoqimsiz hidlarni limon yoki apelsin po‘stini kuydirish yo‘li bilan ketkazish mumkin.
8. Vodorod peroksidi va nashatir spirti yoki osh tuzi va sirka yordamida rakovina va vannadagi zang dog‘larini tozalash mumkin. Mog‘orni esa kir yuvish kukuni va sodaning suvdagi eritmasi yordamida tozalasa bo‘ladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»