16:42 / 27.03.2017
15 934

Qiz farzand

Qiz farzand
Bir madrasada dars beradigan odob-axloqli muallima bor edi. Yoshi ham o‘tib borar, eshigiga kelgan sovchilariga rad javobini berar edi. Hamkasblari undan:

– Nega turmush qurmaysiz, axir sizda Hudo bergan husn-jamol etarli-ku? – deb so‘rashsa, u aytardi:

– Shu atrofda beshta qizi bor ayol bo‘lgan. Eri unga, agar yana qiz tug‘sang, u menga kerak emas, deb tahdid qildi. Vaqti-soati etib, ayol yana qiz tug‘di. Bu ulug‘ ne’matga shukr qilish o‘rniga ota go‘dakni ko‘tarib, kimdir olar, deb, xufton namozidan keyin masjid eshigini oldiga tashlab keldi. Bomdodda kelib qarasa go‘dak joyida turganmish, hech kim olmabdi. Qaytarib uyiga olib keladi. Shu zaylda ota har kun murg‘akgina go‘dakni masjid oldiga tashlab kelar, lekin hech kim olmasdi. Etti kun shu ahvolda o‘tibdi. Onaizor esa Qur’on o‘qib, qizalog‘idan ayrilib qolmasligini Allohdan yolvorib so‘rardi. Ota ham zerikib, go‘dakni qayta olib bormay qo‘ydi. Mehribon ona esa go‘dagidan ajrab qolmaganiga juda quvonibdi. Ayol yana homilador bo‘ldi, yana o‘sha xavotir… ko‘zi yoridi va nihoyat o‘g‘il…

Shu orada katta qizi vafot etdi.

Vaqtlar o‘tib, ayol yana homilador bo‘ldi, bu safar ham o‘g‘illik bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay ikkinchi qizi hayotdan ko‘z yumdi. Shunday qilib, birin-ketin yana uchta o‘g‘illik bo‘ldi-yu, keyingi uchta qizidan ham ayrildi. Negadir, har ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘ganida bittadan qizi qazo qilaverardi. Nihoyat, beshta o‘g‘il va o‘sha oltinchi qizi qoldi. Taqdir taqozosi bilan, Ona ham olamdan ko‘z yumdi.

Oradan bir necha yillar o‘tdi, qizaloq ham bolalar ham ulg‘ayishdi, ishlik, joylik bo‘lishdi.

Muallima aytadi:

– O‘sha otasi menga kerak emas deb, ko‘chaga tashlab kelgan qiz kimligini bilasizlarmi? O‘sha menman. Turmush qurmaganimga sabab: otam yolg‘iz, Yoshi ham ulug‘, men unga yordamchi, shafyor tayinladim, o‘zim ham uning xizmatidaman. Ukalarimga kelsak, ular deyarli otamni ziyoratiga kelishmaydi, kelsa ham bir oyda bir, yana biri ikki oyda bir marta keladi xalos.

Otam menga qilgan o‘tmishdagi ishlariga pushaymon bo‘lib, ko‘p yig‘laydi…

Manba: www.muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qiz farzand