00:01 / 01.04.2017
15 954

Qo‘llarni qanday ozdirish mumkin?

Qo‘llarni qanday ozdirish mumkin?
Bu muammo yog‘ zaxirasi qo‘llarida to‘planadigan toifadagi hamma ayollarni bezovta qiladi. Bizning maslahatlarimiz sizga qo‘llaringizni biroz bo‘lsa-da xushbichimroq qilishga yordam beradi. Lekin bu jarayon sizdan muayyan vaqt va kuch talab qiladi.

Faqat qo‘llaringiz uchun tirishmang

Afsuski, biz aynan tanlangan joyni ozdira olmaymiz – bu erda genetika boshqaradi. Shuning uchun agar siz qo‘llaringiz ozishini xohlasangiz, hamma joyingiz ozishiga to‘g‘ri keladi.

Sizga bir haftada kamida 3 marta intervalli mashqlar bajarish kerak bo‘ladi

Intervalli mashqlar bajarish – qisqa dam olishli tez va shiddatli mashqlar aynan yog‘larni ketkazish uchun mos keladi.

Bunday mashqlar katta miqdorda kaloriya sarflanishi uchun hamma mushaklar guruhiga ta’sir qilishi kerak bo‘ladi.

8—15 martagacha ko‘tara oladigan og‘irlikni tanlang

Ayollar ko‘pincha og‘ir gantel va shtangalardan qo‘rqadi. Og‘irlikni ko‘tarish bilan siz ko‘proq kaloriya ketkazasiz va metabolizmni tezlashtirasiz. Bu esa o‘z navbatida kelajakda yog‘ to‘planishining oldini oladi.

Har ovqatlanishda 25—35 g oqsil qabul qiling

Etarli miqdorda oqsil iste’mol qilish mushaklar massasini saqlashga yordam beradi, to‘yish hissini kuchaytiradi va termogenezni tezlashtiradi, lekin shunday bo‘lsa ham yog‘ qatlamini yo‘qotadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qo‘llarni qanday ozdirish mumkin?