23:39 / 31.03.2017
8 802

Dezodorantlardan foydalanish yo‘llari

Dezodorantlardan foydalanish yo‘llari
Dezodorantlar allaqachon eng ko‘p talab qilinadigan gigiena vositalari qatoridan joy olgan. Yozning issiq kunlarida ularsiz juda qiyin, lekin dezodorantlarning imkoniyati biz o‘ylaganimizdan ham kengroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Albatta, ular ko‘pincha qo‘ltiq osti terlashida hidni yo‘qotish uchun ishlatiladi. Lekin bizning tanamizdagi boshqa joylar ham terlaydi; ter ajralishi organizm fiziologiyasida muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun yoqimsiz bo‘lsa ham mutlaqo tabiiy jarayon hisoblanadi.

Mashhur vositadan foydalanish variantlari:
  1. Oyoq terlamasligi uchun tufli kiyishdan oldin oyoq tagiga aerozolli dezodorant seping va yaxshilab quriting.
  2. Ularni oldindan oyoq va sonlaringizga sepsangiz, haddan tashqari tor jinsini oson kiyishingizga yordam beradi.
  3. Kiyganingizda kiyimingizning oldi va orqa tomonida ter dog‘lari paydo bo‘lmasligi uchun tanangizning bu joylariga antiperspirant seping.
  4. Qo‘l kaftlari terlamasligi uchun uydan chiqishdan oldin ularga antiperspirant seping. Buni tunda qilsangiz ham bo‘ladi.
  5. Burun usti terlasa, u erdan ko‘zoynak sirg‘alib ketaveradi. Burun ustiga sharikli dezodorant sursangiz, bu muammo hal bo‘ladi.
  6. Toshmalarga mineral tuzli dezodorant surilsa ular tez quriydi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dezodorantlardan foydalanish yo‘llari