13:33 / 04.04.2017
6 900

2017 yil yozida bo‘ladigan to‘ylar uchun g‘oyalar

2017 yil yozida bo‘ladigan to‘ylar uchun g‘oyalar
Yoz – to‘y o‘tkazish uchun eng ommabop fasl hisoblanadi va bu ajablanarli hol emas: issiq vaqtlarda ochiq havoda ajoyib tantana tashkil qilish mumkin. Biz sizga bayramni yuqori darajada o‘tkazishga yordam beruvchi yozgi to‘y uchun eng aktual g‘oyalarni to‘pladik.

Mehmonlar uchun aksessuarlar

Mehmonlar uchun quyoshdan himoya qiluvchi qora ko‘zoynaklar yoki soyabonlar tayyorlab qo‘ying va marosim boshlanishidan oldin tarqating.

Va albatta, mehmonlar xohlasalar bu aksessuarlarni sizning to‘yingizdan esdalik sifatida uylariga olib ketishlari mumkin. Bularga sizning shaxsiy yorliqlaringiz yopishtirilgan kichkina idishlardagi suvni ham qo‘shish mumkin.

Rohatbaxsh ichimliklar

Turli xil limonadlar, salqin ichimliklar va limonli suv — issiq kun uchun mukammal variant.

Engil taomlar

Issiqda ko‘pchilikning ishtahasi bo‘g‘iladi va biron-bir og‘ir taom eyishni xohlamaydi. Shuning uchun mehmonlar dasturxonini salatlar, mavsumiy meva va sabzavotlar bilan to‘ldirish, issiq ovqat sifatida esa baliq yoki tovuq tortish tavsiya etiladi.

To‘y liboslari uchun yengil matolar

Kuyovning kostyumi, kelinning dugonalari ko‘ylaklari va o‘zingizning libosingiz albatta tabiiy va yengil gazlamalardan tikilgan bo‘lishi lozim. Bu go‘zal bo‘lish bilan birga issiq havo uchun ham mos tushadi.

Muzqaymoq

Yoz fasli uchun muzqaymoq eng lazzatli shirinlik hisoblanadi. Bu shirinlik tortilgan to‘y dasturxoni — kattalarga ham, bolalarga ham quvonch bag‘ishlaydi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil yozida bo‘ladigan to‘ylar uchun g‘oyalar