23:59 / 05.04.2017
14 822

Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz?

Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz?
Bu ikki modda ham organizmda muhim rol o‘ynaydi: masalan, shakar miyaga quvvat bag‘ishlaydi, tuz esa — mushaklarning normal qisqarishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda ularning oshiqchasi organizm uchun seziladigan darajadagi muammolarni keltirib chiqarish xavfi mavjud. Xo‘sh, ularning qaysi biri ko‘proq zarar keltiradi?

Shakar

Shakarni sut tarkibida ham, 100% tabiiy meva sharbatida ham uchratish mumkin, undan tashqari foydali moddalar: vitaminlar, minerallar, oqsillar (sutda) va polifenollar (sharbatda) bor. Lekin, shakarli choy va gazli suvda shakar va kaloriyadan boshqa foydali moddalar yo‘q. Shuning uchun, bunday shakldagi eguliklarni ko‘p eyish semirishga va foydali moddalar etishmovchiligiga olib keladi.

Shakar qanday shaklda bo‘lmasin, organizmga bir xil ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega: qondagi shakar miqdorini va insulin ishlab chiqarilishini oshiradi.

Tuz

Tuz organizmga suyuqlik miqdorini boshqarish uchun kerak bo‘ladi. Sog‘lom odamlar uchun tuzning me’yordagi miqdori xavfli emas, ortiqchasi esa yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar kattalar uchun bir kunda 2,300 mg (bir choy qoshiq) tuz iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.

Tuz 50 yoshdan oshgan va qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qaysi biri zararli?

Shakarni ham, tuzni ham me’yorida iste’mol qilinsa xavfli emas. Lekin, agar ularni o‘zaro solishtirsa, shakarning organizmga salbiy ta’siri ko‘proq. Shuningdek, tuz uning normal faoliyat ko‘rsatishida juda zarur hisoblanadi, shakar esa — yo‘q.

Shifokorlar fikricha, shakar tuzning salbiy ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega: shakar ta’sirida qondagi insulin miqdori qancha yuqori bo‘lsa, buyrakda shuncha ko‘p tuz va suv yig‘iladi. Bu esa qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz?