15:40 / 08.04.2017
8 556

Bilasizmi? Katta panda odamga qaraganda ikki marta kam kaloriya iste’mol qiladi


Xitoyning Chendu shahridagi pandalarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot guruhi olimlari faqat bambuk bilan oziqlanuvchi katta pandalarning kuniga 1100 kilokaloriya sarflashini aniqladi. Bu haqda «Korrespondent.net» Science jurnali ma’lumotiga tayanib xabar beradi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

1100 kkal – bu o‘rtacha odam rasionining yarmidan kamrog‘ini tashkil etadi. Xitoylik olimlar katta pandalar sarflovchi quvvatni o‘lchash bo‘yicha batafsil tadqiqot olib bordi. Tutqunlikda yashovchi pandalar kuniga o‘rtacha 4,6 millijoul energiya (1100 kkal) sarflashi aniqlandi. 100 kilogramm vaznli pandalar uchun bu juda kamdir. Ularning yovvoyi turdoshlari bundan ancha ko‘proq energiya sarflagan.

Energiyaning kam sarflanishi panda organizmi faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ularning miyasi juda mayda bo‘lib, boshqa organlari ham kichrayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bilasizmi? Katta panda odamga qaraganda ikki marta kam kaloriya iste’mol qiladi