00:02 / 09.04.2017
20 801

Yog‘larni eritishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar


Ortiqcha vaznni yo‘qotish borasida bizga katta iroda va matonat talab qilinadigan turli-tuman parhezlar taklif qilishadi. Afsuski, etarlicha jismoniy mashqlarsiz xavfsiz va samarali ravishda ozishning iloji yo‘q.

Lekin olimlar ortiqcha vazn bilan kurashishning yangidan-yangi usullarini ochmoqda. Bunday ozish usullardan biri yog‘larni erituvchi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hisoblanadi.

Butundonlilar

Bo‘g‘doy, makkajo‘xori, grechka, suli va boshqa kletchatkalarga boy bo‘lgan don mahsulotlaridan iste’mol qilinsa, ortiqcha kaloriyaning sarflanish jarayoni ikki marta tezlashadi.

Yog‘siz go‘sht

Oqsil termogen ta’sir qilish xususiyatiga ega. Ayniqsa tovuq go‘shti – sizning parhezingiz uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.

Tarkibida yog‘lar kam bo‘lgan sut mahsulotlari

Kalsiy va D vitaminiga boy bo‘lgan sut mahsulotlari modda almashinishini tezlashtirishga yordam beruvchi mushaklar massasini shakllantiradi va tutib turishga yordam beradi.

Ko‘k choy

8 hafta davomida har kuni 4 piyoladan ko‘k choy ichish natijasida siz uch kilogrammga yaqin ortiqcha vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘lasiz.

Yasmiq (chechevisa)

Bu dukkaklilarning bir porsiyasida kunlik normaning 35% miqdorida temir moddasi mavjud. Organizmning samarali ishlashi va metabolizm tezligini oshirish uchun bu moddalar juda muhimdir.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yog‘larni eritishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar