17:33 / 09.04.2017
6 014

Olimlar fikricha inson YTHda tirik qolishi uchun qanday bo‘lishi kerak?

Olimlar fikricha inson YTHda tirik qolishi uchun qanday bo‘lishi kerak?
Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha Avstraliya komissiyasi mutaxassislari, zamonaviy mashinalarda halokatga uchraganda, tirik qoladigan inson maketini ishlab chiqishdi. Manekenga Grehem deya nom berishgan, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

«Haqiqat shuki, bizning avtomobillar tezroq taraqqiy etmoqda. Inson esa, ayrim avtohalokatlarda ko‘rsatiladigan ta’sirga qarshilik ko‘rsata olmayapti», — deydi Monasha universiteti muhandisi Devid Logan. U ham Gremni ishlab chiqishda o‘z hissasini qo‘shganlardan biri.

Manekenning bosh suyagi katta hajmda yasaldi. Bu esa, boshmiya atrofida halokat vaqtida jarohat olish imkonini kamaytiradigan orqamiya suyuqligini ko‘proq to‘ldirish imkonini berdi. Qovurg‘alari o‘rtasida qo‘shimcha qabariqlar paydo bo‘ldi. Bular avtohalokat vaqtida xavfsizlik yostiqchalari kabi vazifani bajaradi.

Shu bilan birga, uning bo‘yni yo‘q. Buning o‘rniga Grem mualliflari, uning qovurg‘asini boshni yaxshiroq himoyalash maqsadida bosh chanoqgacha olib borishgan.

Bundan tashqari, uning tizzalari ikki yoniga ham bukila oladi. Oyoqning pastki qismlari ot tuyog‘i shaklida yasalgan. Bunday oyoqqa ega inson xavf-xatar tug‘ilganda avtomobildan sakray oladi.

Gremning terisi ham insonnikidan umuman farq qiladi. U ayniqsa qo‘llarda anchagina qalin bo‘lgani sabab, timdalanishni kamaytiradi.

Hozirda, Grem Viktoriya kutubxonasiga tomosha uchun qo‘yilgan.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar fikricha inson YTHda tirik qolishi uchun qanday bo‘lishi kerak?