Fast-fudda tayyorlanadigan gamburgerlar va kartoshka fri eng foydasiz taom deb hisoblashga o‘rganib qolganmiz. Lekin tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu taomlardan ko‘ra eng foydali deb hisoblanuvchi ovqatlarda zararli yog‘lar va shakar miqdori ko‘proq bo‘lar ekan. Har xil ta’m kuchaytiruvchilar, konservantlar va bo‘yoqlarni esa aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi? Quyidagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan taomlardan voz keching.
Tovuq naggetslari
Fast-fust muassasasi bu taomning tarkibi 100% parhezli oq go‘shtdan tashkil topganligi haqida har doim maqtanadi. Lekin tekshirishlar natijasiga ko‘ra, aslida ularda bor-yo‘g‘i 20% tovuq go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi. Qolganlari – maydalangan suyaklar, yog‘, tog‘ay va boshqa chiqindilar. Shuningdek, makkajo‘xori, bo‘g‘doy uni va shakar ham bor. Bularning hammasi sezilmasligi uchun konservantlar va zararli yog‘lar qo‘shiladi.
Vegetarian burgerlar
Ularda haqiqatan ham kaloriya kam, lekin nisbatan olganda oqsil miqdori ko‘proq bo‘ladi. Muammo shundaki, burgerga go‘shtning o‘rniga ikki baravar pishloq va ta’m kuchaytiruvchilar, zararli yog‘lar bilan birga qayla qo‘shiladi.
Sovuq qahva ichimliklari
Shakar va zararli yog‘lar miqdori bo‘yicha ular katta burger va kartoshka fri yoki muzqaymoq bilan teng keladi. Sovuq qahva ichimligining bittasini ichsangiz, bir kunlik kaloriya me’yorining taxminan yarmini olganingizni o‘zingiz ham sezmay qolasiz, chunki och qolasiz.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi