16:09 / 11.04.2017
10 290

Go‘zal ko‘rinishga yordam beruvchi kiyim-kechaklar

Go‘zal ko‘rinishga yordam beruvchi kiyim-kechaklar
Biz ko‘pincha buyumlarni shoshilib, asosiy liboslarimiz bilan mos kelish-kelmasligini o‘ylab o‘tirmasdan sotib olamiz.

Aslida shkafida kamroq kiyimlari bo‘lganlar yutib chiqishadi. Ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lish uchun asosiy liboslaringizga mos keladigan bir nechta buyumlarning bo‘lishi kifoya qiladi. Bular qanday kiyimlar?

Ixcham ko‘ylak

Qomatning fazilatlarini bo‘rttirib va kamchiliklarini yashirib turadigan mukammal bichimli va oxirgi modadagi ko‘ylak maxsus kechalar uchun ham, kundalik kiyish uchun ham mos keladi. Uni o‘ziga taalluqli aksessuarlar bilan kiyish etarli bo‘ladi.

Belga yopishib turuvchi kiyimlar

Belning xipchaligini ta’kidlovchi buyumlar ko‘rinishga latofat baxsh etadi. Shu bilan birga qomatni biroz uzaytirib ham ko‘rsatadi.

Qizil

Qizil — eng dadil ranglardan biri. Shu rangdagi yubkami, shimmi yoki topmi — nima bo‘lishi unchalik muhim emas, sotib olsangiz har qanday holatlarda ham hamma liboslaringiz bilan kiyishga juda munosib variant hisoblanadi.

Kamar

Bir juft kamar sotib olish bilan garderobingizga tubdan o‘zgartirish kirisangiz bo‘ladi. To‘qilgan kamar-korsetlarga e’tibor bering: ular belni juda chiroyli ravishda bo‘rttirib ko‘rsatadi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘zal ko‘rinishga yordam beruvchi kiyim-kechaklar