23:30 / 17.04.2017
12 444

Bulbul nega yig‘ladi?

Bulbul nega yig‘ladi?
Tong yorishib, zulmat o‘z o‘rnini quyoshning zarrin nurlariga bo‘shatib bergach, daraxt shoxidagi bulbul zavqlanib, hayot go‘zalligini tarannum eta boshladi. O‘rmon jonzotlari rohatlanib uning xonishini tinglar edi.

Qarg‘a xushovoz bulbulga hasad qilib bor ovozda qag‘illay boshladi. Qarg‘aning bemaza qag‘illashi jonivorlarning kayfiyatini tushirib, quloqlarini qomatga keltirdi.

– Hoy, qarg‘a! Bulbul sayrasin, uning ovozi, ohanglari biram yoqimliki...

– Yo‘q, mening ovozim yaxshiroq, ishonmasangiz, ana yo‘lda kelayotgan eshakni hakam qilamiz, kimning ovozi yoqimliroq ekanini hakam aytsin.

Eshak hakam bo‘ldi, bulbul va qarg‘a navbati bilan sayradi. Bulbulning ohanrabosini jonzotlar jon qulog‘i bilan tinglashdi.

Qarg‘aning ovozini esa...

– Qarg‘aning ovozi balandroq, yana bir oz harakat qilsa menga etib oladi,– dedi eshak viqor bilan.

Shunda bulbul yig‘lay boshladi.

– Ey bulbuljon, yig‘lama! Ana shu cheksiz o‘rmon saltanatida sening ovozingdek shirali, yoqimli, nafis va mayin ovoz yo‘q.

– Men qarg‘a yutgani uchun yig‘layotganim yo‘q, mening ustimdagi hakam eshak bo‘lgani uchun yig‘layapman,– deb javob beribdi bulbul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bulbul nega yig‘ladi?