23:36 / 17.04.2017
9 232

"Bu yaxshi!"

"Bu yaxshi!"
Qadim zamonda Afrikada bir podshoh bo‘lib, uning do‘sti bor ekan. Do‘stining bir odati bor ekanki, u nima ish sodir bo‘lsa, yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham, "Bu yaxshi!" der ekan.

Podshoh ovga chiqqan paytida do‘stini o‘zi bilan olib borar, u shohga miltig‘ini o‘qlab berib turar ekan. Bir kuni miltiqni noto‘g‘ri o‘qlagani sababli podshoh undan otganida bosh barmog‘i uzilib ketibdi. Buni ko‘rib podshohning do‘sti har doimgidek "Bu yaxshi!" debdi. Og‘riqdan g‘azablangan podshoh: "Yo‘q, bu yaxshi emas", deb do‘stini qamab qo‘yishni buyuribdi.

Oradan bir yil o‘tib, podshoh yana ov qilib yurganida odamxo‘r qabila a’zolari uni o‘g‘irlab ketibdi. Podshohni ustunga bog‘lab, o‘tin hozirlay boshlashibdi. Odamxo‘rlardan biri tasodifan podshohning bitta barmog‘i yo‘qligini ko‘rib qolibdi. Ular irim qilib nogironlarni eyishmas ekan. Shu sababli podshohni qo‘yib yuborishibdi. Podshoh odamxo‘rlardan qutilishiga sabab bo‘lgan voqeani eslab, qilgan ishidan uyalib, tezda zindonga borib, do‘stini chiqarib olibdi va unga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Do‘sti uning gaplarini tinglab "Bu yaxshi!" debdi. Podshoh hayron bo‘lib so‘rabdi: "Nega yaxshi bo‘ladi, axir men seni bir yil zindonda saqladim-ku?!" "Yaxshiligi shundaki, agar men zindonda bo‘lmaganimda siz bilan ovga borar va odamxo‘rlarga em bo‘lar edim".

Xulosa. Har bir ishda bir yaxshilik bo‘ladi. Ba’zida biz yaxshilik deb o‘ylagan narsaning ketidan yomonlik kelishi va ba’zan biz yomonlik deb o‘ylagan narsaning ketidan yaxshilik kelishi mumkin.

Manba: www.muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Bu yaxshi!"