Time versiyasi: Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi

  • 20 aprel 2017, 22:38
  • 4 140
  • Hayot tarzi
  • Time versiyasi: Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi
    Time jurnali dunyoning eng nufuzli 100 kishisi reytingini taqdim etdi. Jurnal ro‘yxatni bir necha turkumga ajratdi - "Titanlar", "Novatorlar", "San’at arboblari", "Etakchilar" va "Kumirlar".

    "Etakchilar" qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj, XXR raisi Si Szinpin, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning ayoli Melinda Geyts, Rim papasi Fransisk, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron generali Qosim Sulaymon, Oq uy ma’muriyati rahbari Rayns Pribus, AQSh prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Stiven Bennon, Amerika senatidagi demokratlar etakchisi Chak Shumer, Pentagon rahbari Jeyms Mettis, Federal razvedka xizmati direktori Jeyms Komi va boshqa siyosatchilar nomlari qayd etilgan. 

    Time "Titanlar" ro‘yxatiga ishbilarmonlar Deniel Ek va Evan Shpigel, Amerika Federal rezerv tizimi rahbari Jannet Yellen, basketbolchi Lebron Jeyms va Amazon.com onlayn-do‘koni asoschisi Jeff Bezos kabilarni kiritgan. 

    "Novatorlar" turkumidan AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner, amerikalik aktrisa Konstans Vu va boshqalar o‘rin olgan.

    "San’at arboblari" orasida jurnal qo‘shiqchi Alisha Kiz, ssenariynavis Barri Jenkins, aktrisa va qo‘shiqchi Demi Lovato, qo‘shiqchi Ed Shiran, aktrisa Emma Stoun va boshqalar nomi keltirilgan.

    "Kumirlar" qatorida yozuvchi Margaret Etvud, Amerika futboli o‘yinchisi Kolin Kapernik va "Oq dubulg‘alar" tashkiloti etakchisi Rayyod As-Solih nomlarini ko‘rish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Time versiyasi: Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi