08:29 / 21.04.2017
7 047

Xitoydan keltiriladigan eng xavfli oziq-ovqatlar

Xitoydan keltiriladigan eng xavfli oziq-ovqatlar
Bundan o‘n yillar oldin «Xitoyda qilingan» degan yorliq kiyimlarning past sifatidan darak berar edi. Bugungi kunga kelib ko‘pchilik u erdagi fabrikalarda ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanadi. Lekin oziq-ovqatlarga kelganda ishlar unchalik yaxshi emas – sifatsiz ovqatlardan zaharlanish xavfi ancha yuqori.

Baliq

Xitoy jahon bozoriga tonnalab baliq etkazib beradi. Bu baliqlar oqova suvlarda etishtiriladi. Ular duch kelgan narsalar, shu jumladan chiqindilar bilan ham oziqlanadilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘sishni tezlashtirish uchun gormonlardan foydalanishdan ham toymaydilar.

Olma sharbati

Xitoy fermerlari zararkunandalar bilan kurashishda pestisidlarni ayab o‘tirmaydilar. Hatto ular mahalliy hukumat tomonidan allaqachon taqiqlangan vositalardan ham foydalanadilar. Ishlab chiqaruvchilar bunday olma sharbati solingan idishlar yorlig‘ida faqat vitaminlar va sun’iy qo‘shimchalarni ko‘rsatishadi. Aslida esa ichimlik 200% pestisidlarga to‘yintirilgandir.

Qo‘ziqorinlar

Qo‘ziqorinlar zaharlanish xavfi eng yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarga kiradi. Xitoy qo‘ziqorinlarida bu xavf geometrik progressiya shaklida o‘sib boradi.

Parranda

Ekspertlar Xitoy tovuqlarini xavfsiz deb hisoblasalar ham, faqat bunga sotib oluvchilar ishonishlari juda qiyin va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ma’qul ko‘radilar.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xitoydan keltiriladigan eng xavfli oziq-ovqatlar