10:05 / 22.04.2017
14 104

Quron eshitish saratondan himoyalaydi

Quron eshitish saratondan himoyalaydi
– Qur’on eshitish salbiy his-tuyg‘ulardan (stresslardan) xalos etadi.
– tilovatning ovozli to‘lqini asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
– Qur’on eshitish bilan yurak kasalliklarini davolash mumkin.
– fikrni bir erga jamlash qobiliyatini rivojlantiradi.
– saraton kabi surunkali kasalliklardan himoyalanishda, ularga qarshi kurashishda yordam beradi.
– uyqusizlik, parishonxotirlik, behuda g‘azablanishga shifo bo‘ladi. Xotira sustligidan shikoyat qiladiganlarga ko‘proq Qur’on o‘qish yoki eshitish tavsiya etiladi deb yozadi dia.uz sayti.

Abdudoim Kahil shunday degan: “To‘liq sog‘ayishni istagan bemor har kuni bir necha soat Qur’on eshitsin, imkoni boricha Qur’onga ko‘proq some bo‘lsin. Eshitayotgan oyatlarini tushunishga harakat qilsin. Zero, Qur’on mazmunini tushunish ham shifodir”.

Doktor Ahmad Qozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida maxsus tajriba o‘tkazdi. Avvaliga o‘simlikka shovqin-suronli musiqa eshittirildi. Bunda salbiy ta’sir kuzatildi. Keyin odamlar tomonidan aytiladigan yomon so‘zlar eshittirildi. Bunda ham shunga o‘xshash natija qayd etildi. Oxirida o‘simlikka Qur’oni karim tilovati eshittirilganida, o‘simlik gurkirab o‘sa boshladi...

Faraz qiling: agar tuppa-tuzuk ishlab turgan kompyuteringizga virus tushsa nima bo‘ladi? Birdan yaxshi ishlamay qoladi, tezligi pasayadi. To‘g‘rimi? Bu virusni faqat maxsus dastur bilan tozalanadi. Shundan keyin kompyuter yana avvalgidek ishlay boshlaydi. Insonni kompyuter deb faraz qilsak, undagi viruslar (miya va qalbdagi illatlar) ilohiy dastur – Qur’oni karim yordamida tozalanadi. O‘zingizni yomon his qilganingizda bir bor Qur’on eshitib ko‘ring, qanday rohatlanasiz! G‘amga botganingizda, dunyo ko‘zingizga tor ko‘ringanida, Kalomullohni butun vujudingiz bilan tinglang, g‘am-tashvishlarni biroz bo‘lsayam unutasiz.

Olimlar aniqlashicha, inson miyasi – tug‘ilganidan to umrining oxirigacha – maxsus dastur bo‘yicha ishlaydi. Bor-yo‘g‘i birgina salbiy ta’sir ham uning faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Buni qarangki, Alloh taolo nozil qilgan Qur’on miyadagi ana o‘sha dastur bilan to‘liq mos ekan! Arabmi, ajammi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, Qur’on o‘qigan va eshitgan insonning qalbi yayrashi, ruhiy bezovtalikdan qutulishining hikmati shunda bo‘lsa ajab emas!

Ziyovuddin Rahimning “Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quron eshitish saratondan himoyalaydi