14 964
Semirishdan qo‘rqmay har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar nomi ma’lum qilindi
Oramizda shirinliklarni yaxshi ko‘radiganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq ularning kaloriyali ekanligi va shu bois qomatga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi o‘ylar bizga tinchlik bermaydi. Parhezshunoslar bu borada qayg‘urishga hojat yo‘qligi, zero qomat buzilishidan qo‘rqmay, har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar ham mavjudligini aytishmoqda. "Kun.uz" nashri shu haqidagi ma’lumoti bilan bo‘lishdi.
Bunday mahsulotlarga, eng avvalo, asal kiradi. U juda kaloriyali, buni unutmaslik kerak, lekin boshqa tomondan, asal foydali moddalarga shu qadar boyki, organizm uni juda yaxshi va asosiysi, samarali hazm qiladi.
Ushbu mahsulotni kundalik rasionga qo‘shib, shamollash bilan bog‘liq barcha kasalliklardan va hatto tumovdan ishonchli xalos bo‘lish mumkin. Ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra, asalni har kuni 3-5 qoshiqdan oshmagan miqdorda iste’mol qilish kerak.
Shuningdek achchiq shokolad ham foydali hisoblanadi, zero uning tarkibiga kiruvchi barcha komponentlari organizmni foydali moddalar bilan to‘yintiradi va energiya zaxirasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, achchiq shokolad stressga chidamlilikni oshiradi, shu bois siz hatto og‘ir damlarda ham asabni asrashingiz mumkin bo‘ladi.
Foydali shirinliklar qatorida quritilgan mevalarning ham alohida o‘rni bor. To‘g‘ri, mahsulot hammaga ham ma’qul kelmasligi mumkin, lekin yodingizda bo‘lsin - bu mahsulotlar fruktoza va glyukozaga boy bo‘lib, juda foydali hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?