09:16 / 26.04.2017
8 335

Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?

Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?
Biz mashq qilish natijasida tanamizning qaysidir qismi og‘risa, bu bizga faqat foyda keltiradi, deb o‘ylaymiz. Ammo doim ham bunday bo‘lavermaydi. Sport zalidagi mashg‘ulotlarni to‘xtatish yoki hech bo‘lmasa, tanaffus qilish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar bilan tanishing.

Muskullaringiz qattiq qaltiramoqda

Muskullarning biroz titrashi yomon alomat emas. Ammo qo‘llaringiz qaltirashni yoki sizga quloq solishdan bosh tortishni boshlasa, bu ularning funksiyasi buzilganidan darak beradi. Siz nafaqat og‘ir gantelni oyog‘ingizga tushirib yuborish yoki yiqilib tushish ehtimolini yaratasiz, balki shikast olish uchun asos ham yaratasiz.

Siz keskin va kuchli og‘riqni his qilmoqdasiz

Muskullarda umumiy, asta-sekinlik bilan kuchayib boruvchi og‘riqni kutish mumkin — bu mashqlar sizni yangi ko‘rsatkichlarga undayotganidan darak beradi. Ammo to‘satdan va tezda paydo bo‘ladigan og‘riq muammoni bildiradi. Og‘riqni engib o‘tishga urinmang, bu muskullar yoki bo‘g‘imlar shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Yugurishdan keyin tizzalaringiz yoki oyoq kaftlaringiz qavarib qolgandek bo‘ladi

Qizarish, shishish yoki o‘tib ketmayotgan og‘riq haddan tashqari zo‘r berish muammosini bildirishi mumkin, masalan, kemirchak to‘qima yumshab qolgan bo‘lishi yoki boldir yorilgan bo‘lishi mumkin. Dam olish va qayta tiklanish uchun o‘zingizga bir necha kun bering. Yugurishdan oldin cho‘zilish mashqlariga ko‘proq vaqt ajratish kerak.

Mashqdan so‘ng uch kun o‘tdi, ammo siz hamon og‘riqdan azob chekmoqdasiz

Siz sportzalda to‘laqonli mashg‘ulotni bajardingiz va haligacha zinadan ko‘tarilishda og‘riqqa chidolmayapsizmi? Muskullarda muayyan darajadagi og‘riqning sezilishi tabiiy hol: mushaklarning uzoq vaqt davomida og‘rishi muskul to‘qimasidagi kichik yorilishlar natijasida kelib chiqadi, tana qayta tiklana boshlaganida, mushaklar mustahkamroq bo‘lib boradi. Ammo bunday sindrom 24—48 soat ichida o‘tib ketishi kerak. Aks holda, bu siz o‘zingizga o‘ta katta yuklama berib yuborganingizni anglatadi. O‘zingizga o‘nglanib olish uchun vaqt bering.

Og‘irliklarni ko‘targanda elka, tizza yoki soningiz qisilib og‘riydi

Faqat ma’lum bir harakatni bajarganda paydo bo‘ladigan og‘riq nimadir joyida emasligini bildiradi. Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, ortopedga borib, o‘zingizni tekshirtiring. Agar og‘riq uncha yomon bo‘lmasa, mashq qilishdan oldin o‘zingizni yaxshiroq tayyorlang.

Manba: “Daryo”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?