18:44 / 28.04.2017
19 263

Nikoh uzugi qanday tanlanadi?

Nikoh uzugi qanday tanlanadi?
Va nihoyat qiz rozi bo‘ldi, endi esa tantanali marosim uchun uzuk tanlash vaqti keldi. Nikoh uzugini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

Istaklarimizni aniqlab olamiz

Boshida siz qanday metalldan yasalgan uzuk xohlashingizni aniqlab oling: sariq, qizil yoki oq oltin, kumush, platina yoki boshqa qotishmalarmi? Uzuklarda tosh bo‘lishini istaysizmi yoki yo‘qmi, yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Uzuklar qanday kattalikda bo‘lsin: ingichka va nozik yoki biroz kattaroqmi?

Agar siz klassik uslubdagi tilla uzuk xohlasangiz, o‘zingizga yoqadigan shakl va qalinligi haqida o‘ylang. Bir necha uzuklarni taqib ko‘ring, ular barmog‘ingizda qanday turishi va shaxsan sizga mos tushishiga e’tibor bering.

Agar siz tosh qo‘yilgan uzuk tanlamoqchi bo‘lsangiz, aynan sizga qanday tosh mos kelishi haqida o‘qib ko‘ring.

Nimalarga e’tibor berish lozim?

Uzuk taqishga qulay bo‘lishi kerak, shuning uchun murakkab shakllardan voz keching. Uzuk kiyimga ilinib qolmasligi kerak, uni faqat to‘yda emas balki qolgan umringiz davomida ham taqib yurishingizni esda tuting: u qulay turishi, tushib ketmasligi va shu bilan birgalikda siqmasligi ham kerak.

Barmoqlar sovuqda torayishi va issiqda esa aksincha kengayishini unutmang, shuning uchun siqib turadigan uzuklarni olmang. Uzuk biroz erkin turishi, lekin barmog‘ingizdan tushib ham ketmasligi lozim.

Probasiga diqqat qiling. Probasi qancha yuqori bo‘lsa, uning narxi shuncha baland bo‘ladi. 585 probali uzuklar juda mustahkam va rangini yo‘qotmasligi, 750 esa biroz yorqin, lekin egiluvchanlikka moyilroq bo‘lishiga e’tibor bering. Sizga qaysisi mos kelishini do‘kondagi mutaxassislar bilan maslahatlashing.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nikoh uzugi qanday tanlanadi?