17:33 / 04.05.2017
6 258

«Farzandli bo‘lgach, ko‘zim xiralashdi»

«Farzandli bo‘lgach, ko‘zim xiralashdi»
Qizim dunyoga kelgach, ko‘rish qobiliyatim pasaydi. Chamasi olti-etti oy davomida uzoqdagi narsa-buyumni xira ko‘rdim. Tibbiy tekshiruvlar tug‘ruq asoratida ko‘z paradasining shikastlangani, yuzasi g‘adir-budir ko‘rinishga kelganini ko‘rsatdi. Shifokor xavotirga o‘rin yo‘q, vaqti – soati bilan o‘tib ketadi, degan bo‘lsada, ba’zida uzoqni ko‘ra olmayapman. Nahot bu o‘zgarishlar tug‘ruq bilan bog‘liq bo‘lsa? Yoki boshqa biror sababi bo‘lishi mumkinmi?

Sadoqat Nosirova, Toshkent viloyati

Savolga shifokor -okulist Nodira RASULOVA javob beradi:

– Ko‘rish qobiliyatining pasayishiga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin. Eslab ko‘ring, homiladorlik payti okulist shifokor ko‘rigidan o‘tganingizda ko‘rish qobiliyatingiz qay tariqa tekshirilgan? Biror o‘zgarish aniqlanmaganmi? Uzoqni xira ko‘rish avvaldan ko‘zda mavjud bo‘lgan «plyus» yoki «minus»ning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ayni vaziyatda ko‘z to‘r pardasining ultratovushli tekshiruvini o‘tkazib, ko‘z bosimini o‘lchash, ichki qavatlarida qon quyilishi sodir bo‘lmaganmi tekshirish kerak.

Tug‘ruq vaqti ayol kuchanganida arterial qon bosimining oshishi, ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishiga ham ta’sir qilishi mumkin. To‘g‘ri bu o‘zgarishlar vaqti bilan o‘tib ketadi. Ammo shunda ham e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Okulist ko‘rigidan o‘tib, uzoqni xira ko‘rishning asl sababini aniqlashtiring. Shunga ko‘ra zaruriy muolaja oling. Mutaxassis tavsiyasi bilan ko‘z gimnastikasi, turli vitaminlar va ko‘rish qobiliyatini mustahkamlovchi usullar tadbiq etiladi.

Ko‘proq ko‘katlar eng, mandarin, limon, sabzi tarkibida ham ko‘z uchun foydali moddalar ko‘p. Darvoqe homiladorlik payti kamqon bo‘lmaganmisiz? Qonda gemoglabin miqdorining pastligi ham ko‘rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Farzandli bo‘lgach, ko‘zim xiralashdi»