Ma’lumki, Qozog‘istonda shunday odat bor. Ayolning eri olamdan o‘tsa, u bolalari etim bo‘lmasligi, begona erkakning turtkilarini emasligi uchun qaynisiga turmushga chiqadi. Bu odat azal-azaldan Qozog‘istonda bor va unga ovullarda qat’iy amal qilishadi. Lekin eri hayot bo‘la turib qaynisiga tegib olish-chi? Buni nima deb atash kerak?..
Erdos va Jamila (ismlar o‘zgartirilgan) odatlarga-da tupurishdi. Jamila sog‘lom, mehribon, asosiysi, hali o‘lmagan erining yuziga oyoq qo‘ydi-yu, uylanmagan qaynisi Erdosga tegib ketdi. Eri bunday zarbani sira kutmagandi. Nima qilishni bilmay garangsib qoldi…
Yo‘q, ukasining giribonidan olmadi, bevafo, benomus xotiniga pichoq ko‘tarib yugurmadi, farzandlarini tortib olmadi. Achinarlisi, aka-ukalarning ota-onasi ham hayot edi. Ular ham Erdosni bu yo‘ldan qaytara olishmadi…
Umuman qarshi harakatlar sodir etmadi. Ovul ahli oldidagi sharmandalikka toqat qila olmay boshqa yoqlarga bosh olib ketdi…
Oradan bir necha yil o‘tgachgina ovulga qaytdi. Ukasi va sobiq xotini tinch-totuv yashashyapti ekan. Bolalari ham yangi oilaga ko‘nikishibdi. Sho‘rlik erkak noiloj boshqa ayolga uylandi. O‘zining aytishicha, ukasi va sobiq xotini ham shu ovulda yashashadi. Ammo aka-uka bir-biridan bezib ketgan, salom-alik qilishmaydi. Erkak garchi hozircha farzandi bo‘lmasa-da, xudodan so‘raydi. Behayolarga, sotqinlarga, nomusini bir necha daqiqalik lazzatga almashtiruvchi marazlarga Yaratgandan munosib jazo tilaydi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?