17:00 / 10.05.2017
12 340

Kelinlarni yomonlamang, qizingizdan foyda yo‘q!

Kelinlarni yomonlamang, qizingizdan foyda yo‘q!
O‘ylab ko‘rganmisiz? Bu hayotda ota-onalarga, o‘g‘il farzandlarga, qizlarga, kelin bo‘layotganlarga she’rlar, tabriklar hamda maqtovlar judayam ko‘p ekanu, ayni damda uyida xizmat qilayotgan kelinlar uchun hech narsa qidirib topa olmadim. Va shunga qaror qildim. Biror nimalar yozsam, uyda xizmat qilib yurgan kelinlarning ko‘ngli ko‘tarilarmikan!? O‘zim ham qaynsingil bo‘lganimga ancha bo‘ldi. Amma ham bo‘ldim, Allohga shukr!

Jiyanimni, ukamni, ayniqsa kelinimni juda yaxshi ko‘raman. Nega deysizmi?
Chunki mening dunyolarga teng insonlarimning beminnat xizmatini qilgani uchun!
Doim borganimda kulib kutib olgani uchun!
Ketar chog‘imda orqamdan darvozagacha kuzatib “Yana qachon kelasiz” degani uchun!

“Bugun qola qoling” deb aytgan so‘zi uchun!
Ukamning buyruqlarini bor mehnatini ayamasdan bajargani uchun!
Qo‘ni-qo‘shnilarimiz oldida uyaltirmagani uchun!
Qarindoshlarim orasida orasta kelin nomini olib yurgani uchun ham o‘z singlimdek yaxshi ko‘raman.
Shuni unutmang, inson bir biriga ko‘zgu bo‘larkan.

KELINLARNI YoMONLAMANG!

Bugun onam qo‘ng‘iroq qildi,
Tinchligimni so‘radi obdon,
Farzandlarim holini bildi.
Dedim: “Ona, tinchmi xonadon?”

So‘z boshladi, volidam sekin:
“Birozgina holim bo‘lmadi.
Kelinimdan aylanay lekin,
Kecha kunduz tinim bilmadi.”

O‘ylab qoldim, qizi bo‘lib men,
Ahvolidan xabar olmabman.
Yonlarida bo‘lib sal emin,
Bir kechaga birga qolmabman.

Ayrimlarga shu aytar gapim,
Keliningiz ayblab yurmang.
Mana tegib qo‘ymadi nafim,
To‘g‘ri gapga labingiz burmang.

To‘g‘risiyam bu bor haqiqat,
Onalarga kelinlar qarar.
Qizlar kelar faqat oz muddat,
Kelin zoti koriga yarar.

Choy damlagan, ovqat pishirgan,
Kir chirini yuvgan ham kelin.
Erinmasdan hizmatin qilgan,
Hatto tiyib turarmish tilin.

Biz boramiz mehmon bo‘lgani,
Kulgusini qo‘ymas yuzidan.
Anglab etdim, vaqt o‘tgan sari
Kelinimni qo‘yma o‘zidan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kelinlarni yomonlamang, qizingizdan foyda yo‘q!