21:15 / 11.05.2017
6 922

2017 yil 12 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilayapti?..

2017 yil 12 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilayapti?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar yaqinlaringizga turli bahs-munozaralarda yon bera olsangiz, yulduzlar kuningiz xayrli kechishini va’da qilishgan. Ayniqsa, ijod kishilarining bugun omadi kuladi. Maqsadga etish yo‘lida qattiqqo‘l va jiddiylikka alohida o‘rin bersangiz, moliyaviy ahvolingiz ham yaxshidan-da yaxshilanadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Sog‘liqni pand berishga majbur etuvchi taomlar iste’molidan tiyiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 may kuni vujudingizda bor imkoniyat va intellektni ishga soling va muvaffaqiyatga erishing. Siz uchun bugun har jabhada yo‘llar ochiq. Faqat bu yo‘llardan qay holatda o‘tishingizga bog‘liq. Agar to‘g‘ri o‘ta olsangiz, barcha muammolaringiz yo‘l-yo‘lakay bartaraf bo‘lib boraveradi. Juftingiz kun davomida nimadandir norozi ekanini bayon qilishi mumkin. Bu taxlit gina-kuduratlarga e’tiborsiz bo‘ling, juftingizga shubha nazari bilan boqmang, shunda shaxsiy hayotingiz gullab-yashnayveradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun aslo tavakkalchilikka yo‘l bermang. Hatto mayda-chuyda muammolar ko‘ndalang bo‘lgan taqdirda ham etti o‘lchab bir kesing. Tavakkalchilik sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida ko‘ngli qoralar davrasiga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo bu davradan juda ustalik bilan chiqib keta bilasiz. Kun davomida ommaviy tadbirlar tashkil etish bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Bu tadbirlar muvaffaqiyatli kechadi. Oilangizda yangi mehmon kutiladi. Xursand bo‘lavering. Bu haqdagi xabarni kechqurun eshitishingiz mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 may kuni negadir ishchanlik sizga ola qarashi kuzatiladi. Kunni uyoqdan-buyoqqa yurish, tushunarsiz safarlarga chiqish bilan o‘tkazasiz. Shaxsiy hayotda hech bir holatni o‘zgartirishga urinmang. Asosiysi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasangiz bas, eng chirkin holatlar ham albatta barham topadi. Moddiy ahvolingiz kechqurun yaxshilanadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling, gazlangan ichimliklardan nariroq bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ish joyingizda bugun hamkasblar bilan sen-menga borishingiz ehtimoli yo‘q emas. Bunday lahzalarda iroda kuchi kerak bo‘ladi. Shu kuchning ko‘magida har qanday yoqimsiz manzaradan yuz burib ketsangiz bo‘ladi. Shunda six ham, kabob ham kuymaydi. Ba’zi do‘stlarimizga bugun ishxonasida rahbarlar yangi lavozim berishlari mumkin. 12 may kuni daromadga nisbatan xarajatlar ko‘payishi kutiladi. Ammo baribir tejamkorlikka zo‘r beravering.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 may kuni hasadgo‘ylar, sizni ko‘ra olmaydiganlar baravar hujumga o‘tishi mumkin. Shunga tayyor turing. Himoya usuli esa o‘zingizga ma’lum. Sukut va yana sukut. Hasadgo‘ydek xavfli dushmanni faqat sukut yordamida engish mumkin. Xayolan esa undaylarni xudoga topshiring, o‘zi hisob-kitobini qilib olaveradi. Bugun muhabbatda romantika kutmang. Juftingiz ham negadir tish qayrab turgan ko‘rinadi. Uni ham sukut ko‘magida engishga urinib ko‘ring. Zora asqotsa.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yulduzlar sizga quyoshli va quvonchli kunni va’da qilishgan. Ishlaringiz baroridan kela boradi. Tushga etmay kissangiz pul ko‘radi. Rahbarlardan bajargan ishingiz uchun maqtovlar eshitasiz. Shaxsiy hayotda esa prinsipiallikka yo‘l qo‘ymang, bu yaqinlaringiz bilan orangizdagi munosabatga putur etkazishi mumkin. Sog‘liqni, asablarni saqlang. Kun davomida kaloriyaga boy taomlar iste’mol qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
12 may kuni vujudingiz to‘la kuch va imkoniyat bilan ish joyingizga kirib borasiz. Yangi-yangi ishlarga qo‘l urib, ularni a’lo darajada uddalaysiz. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar ham qo‘shimcha daromadlardan mosuvo bo‘lishmaydi. Moddiy ahvolingiz garchi har kungidek to‘laqonli bo‘lmasa-da, pulsiz qolib ketmaysiz. Fikrlar, niyat qancha pok bo‘lsa, xudo sizga shuncha ko‘p davlat va imkoniyatlarni hadya etadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun oila qurmaganlarning ko‘pchiligi bo‘lg‘usi jufti bilan tanishib qolishi kutilmoqda. Omad qushi elkangizdan kutilmaganda uchib ketmasligi uchun bu to‘g‘rida hech kimga og‘iz ochmay turing. Ko‘z tegishi mumkin. Kun siz uchun yengil kechmaydi albatta. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nashlari ham mumkin. Notanish odamlar bilan muloqotda agressiyani nari haydashga harakat qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
12 may kuni mavqeni oshirish niyatida bo‘lsangiz, ancha-muncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Siz professionalligingizni hamkasblarga obro‘li va badavlat odamlar ko‘magida namoyish eta olasiz. Har bir bajarayotgan ishga jiddiy munosabatda bo‘lsangizgina, daromaddan umid qilsangiz bo‘ladi. Oila a’zolaringizdan biri bilan kechqurun bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Asabni asrang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Afsuski, qovg‘a burji vakillari bugun bir talay ko‘ngilsiz vaziyatlarni boshdan kechirishlari mumkin. Buning oldini olish uchun odamlardan uzoqroq yura turing. Negaki, ko‘ngilsiz vaziyatlar arzimas bahslar natijasida yuzaga keladi. Qalbingizda qasos o‘ti alanga olgan taqdirda ham asabni asragan holda yomon niyatlarni nari haydang. Bundan faqat yutasiz. Pul masalasida o‘ta sergak bo‘ling. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
12 may kuni siz hamkasblar va oila a’zolaringiz qarshisida haqiqiy intelligentga aylanishingiz ehtimoli bor. Bunga ertalabdan katta pul ishlab topa olishingiz sabab bo‘lsa ajabmas. Juftingiz bilan bir-biringizni tushungan holda munosabat yuritish kelajak hayotingizni gulzorga aylantiradi. Tijoratchilar bugun mo‘may daromaddan umid uzib tursalar kerak.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 12 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilayapti?..