21:24 / 13.05.2017
6 601

2017 yil 14 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

2017 yil 14 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
14 may kuni faqat o‘zingiz maza qiladigan ishlar bilan band bo‘lishingizni yulduzlar maslahat berishadi. Zerikarli va foydasi yo‘q ishlar uchun kuch sarflamang. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm suradi. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarga biroz «shira» kiritish kerak shekilli. Pul topish, daromad olish masalasida faqat qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish ko‘ring. Aks holda yo‘qotishlarga yuz tutasiz. Qalbingiz hamkasblar orasidagi obro‘yingizni ham yana bir pog‘ona yuqorilatib qo‘yishga qodir.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Hayotingizdagi tanaffus yuz berishi mumkin bo‘lgan barcha jarayonlardan qoching. Xavf kutilmaganda va kutilmagan tarafdan rahna solishi mumkin. Atrofdagilar, uydagilar bilan munosabatlarni iliqlashtirishga intilavering. Salomatligingizni jiddiy nazorat qiling. Ota-onangiz keksaygan bo‘lsa, ulardan albatta xabar oling. Moddiy jihatdan bugun qiyinchilik ko‘rmaysiz. Xudo xohlasa, kechqurunga borib ahvolingiz yaxshilanadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 may kuni tadbirkorlarga shubhali hujjatlar va shartlashuvlarga imzo qo‘ymaslik tavsiya etiladi. Agar shunday qilishga to‘g‘ri kelsa, o‘sha hujjatni chuqur o‘rganib chiqing. Uyda ham, ko‘chada ham sergaklikni, ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang, jarohat olishingiz ehtimoli bor. Bugun moliyaviy ahvolingiz yomon bo‘lmaydi. Ammo yulduzlar yirik xaridlarga qo‘l urmaslikni maslahat berishmoqda. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan tiyiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ancha-muncha qiyinchiliklarni boshdan kechirishingiz, katta-kichik to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin. Ammo bu sizning foydangizga. Oilaning qadriga ilgarigidan yaxshiroq eta boshlaysiz. Yaqin insonlarni ko‘proq qadrlay boshlaysiz. Moliyaviy yo‘qotishlar ham o‘sha to‘siqlardan biri bo‘lishi hech gap emas. Xarajatlar bobida sergak turing. Imkon tug‘ildi deguncha keksa ota-ona, qavm-qarindoshning holidan xabardor bo‘lib duolarini oling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 may kuni arslon burji vakillari etakchilik odatlarini tashlab, ko‘ngilga yaqin yumushlarni ado etishlari tavsiya qilinadi. Shunday ish topingki, o‘zingiz maza qiling. Tushdan keyin o‘zga shaharga zarur yumush bilan jo‘nab ketishingiz kutiladi. Vaqtinchalik mushkulotlar, moliyaviy muammolarni hal etishda yaqin do‘stlar yordamga kelishadi. Agar kun davomida har bir ishga faylasuflarcha yondosha olsangiz, albatta g‘olib bo‘lasiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun erta tongdanoq parizod burjida tug‘ilganlarning kayfiyati dam olish jarayonini boshdan kechira boshlaydi. Aniqrog‘i, qalbingizda bayram boshlanadi. Salomatligingiz ham tobida bo‘ladi. Pul tanqisligidan azob chekmaysiz. Oilada xotirjamlik, ahillik kezadi. Biror ishni bajarishda faqat o‘z kuchingiz va imkoniyatingizga suyaning. Kechqurunga yaqin pulning o‘zi qidirib kelishi kutilmoqda. Surunkali xastalikka chalinganlar sog‘liqni tez-tez nazorat etib tursalar foydadan xoli bo‘lmasdi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 may kuni eksperimentlarga umuman yo‘l bermang. Bu sizga faqat ziyon etkazadi. Kunning ikkinchi yarmiga o‘tib zarur ish bilan boshqa shaharga safar qilishingiz kutiladi. Safar siz uchun muvaffaqiyatli kechadi. Shaxsiy hayotda esa yaqinlaringiz bilan rasmiy ohangda zinhor so‘zlasha ko‘rmang, orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Kechqurun sog‘lig‘ingizni parvarish qiling, ovqatlanish va ichimliklar ichishda zarur me’yorlarga amal qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun yangi bilimlar olish siz uchun foydali kechadi. Agari yoz oylarida sayohatga otlanishni reja qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, bugundan hairakatni boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Oila qurmaganlarning ayrimlari ko‘chada tasodifan bo‘lg‘usi juftini uchratib qolishlari ehtimoldan xoli emas. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, «Tez yordam»ga muojaat eting.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 may kuni ko‘nglingiz azartli o‘yinlarni, sarguzashtlarni tusab qolishi mumkin. Shundan o‘zingizni tiya olsangiz, marra sizniki bo‘lardi. Chunki bu jarayonda yo‘l qo‘yilgan arzimas xato siz uchun juda qimmatga tushishi tayin. Salomatligingizni bugun dam olish kuni ham bemalol tekshirtirib olishingiz mumkin. Eski kasalliklar, allergiya qo‘zg‘alish xavfi bor, shuning uchun ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yavering. Kechqurun yolg‘iz qoling, dam olasiz, dunyo tashvishlaridan xoli bo‘lasiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Oila qurmaganlar bugun uchrashuvlardan, romantikadan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Bu sohada vaqtinchalik tanaffuslar kutiladi. Ishlaringiz, shaxsiy hayotingiz ko‘ngildagidek kechadi. Ortiqcha harakatlar sodir etishingiz shart emas. Kechqurunga yaqin tanishlardan biri sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Bu siz uchun juda yoqimli kechadi. Rozilik beravering. Chunki boshqa tashkilotlar sizni ishga taklif etibdimi, demak, siz professionalsiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 may kuni pul haqida o‘ylashdan tiyilib, ma’naviyatga e’tibor qaratsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. O‘tganlar haqiga duolar o‘qish, ota-ona o‘tib ketgan bo‘lsa, chirog‘ini yoqish ham sizga ruhiy yengillik ato etadi. Ishlaringiz, hayotingiz yaxshi tarafga qarab siljiy boshlaganini his etasiz. Shaxsiy hayotda xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz kutiladigan bo‘lsa, qalbingiz ogoh etadi, ishonavering. Salomatlikni har qadamda qadrlang, ehtiyotlang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun sizga quyoshli kunni va’da qilishgan. Quyosh nafaqat atrofingizda, balki qalbingizda ham nur tarata boshlaydi. Og‘riqli nuqtalar og‘riqlardan xalos bo‘ladi. Joningiz tinchlanadi. Olis safar bugun sizga muvaffaqiyat keltirmaydi. Kunni tomorqada ishlab ham mazmunli kechirsangiz bo‘ladi. Ayni bugun siz uchun jismoniy zo‘riqishlar juda zarur. Moddiy jihatdan kechki payt ko‘nglingiz to‘lishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 14 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...