22:36 / 14.05.2017
7 870

2017 yil 15 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

2017 yil 15 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun qay ishga qo‘l urmang, albatta faollik ko‘rsatishingiz lozimligini uqtirishmoqda. Salomatlikka ham alohida e’tibor qarating. Ko‘zlangan maqsadga etish uchun esa bugun qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lishingiz talab etiladi. Kechqurun katta pulga ega chiqishingiz ehtimoli bor. Shu narsa moliyaviy ahvolingizni yaxshilaydi. 15 may kuni ojiz taraflaringizni o‘zgalarga aslo namoyish etib qo‘ymang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 may kuni ish joyingizda har bir yumushni ado etishda professionalligingizni albatta namoyish eting. Bu sizni omad sari, yangi cho‘qqilar sari etaklaydi. Xayriya ishlarini amalga oshirish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kun davomida o‘tgan yaqinlaringiz haqiga duo qilib qo‘ysangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Muhabbat hamda moliyaviy masalada sizga qalbingiz yordam beradi. Ikki jabhada ham faqat uning amriga itoat eting.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
15 may kuni mumkin bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmang, shunday joylarga bormang. Tashqi ta’sirga umuman berilmang. Shunda yo‘lingiz bexatar va oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Kechqurunga yaqin moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. Ammo yulduzlar ortiqcha xaridlarga qo‘l urishni maslahat berishmaydi. Firibgarlar ta’qibiga uchrashdan kun davomida o‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 may kuni ishda ham, uyda ham etakchilik bobidagi iste’dodingizni namoyish etish uchun imkon tug‘iladi. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish yoki foydalanmaslik o‘zingizga bog‘liq. Bu narsa sizga, ayniqsa, juftingiz bilan munosabatlarda asqotadi. Juda obro‘li tashkilotlar vakillari sizga hamkorlik taklif etishi mumkin. O‘ylab ko‘ring. Salomatligingizni ehtiyot qiling, kechqurun yengil hazm bo‘luvchi sut mahsulotlari bilan cheklaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar ogohlantiradi. Agar o‘zgalar muammolariga o‘ralashib qoladigan bo‘lsangiz, 15 may kuni o‘zingiz ko‘ngilsiz vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin. Pul masalasi ham bugun echilmaydigan bo‘lib turibdi. Shu sababli xaridlarni boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi. Do‘stlar, tanishlar davrasi, ziyofatlar va ko‘ngilochar tadbirlardan buguncha yuz buring. Sog‘lig‘ingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 may kuni parizod burjida tavallud topganlar his-tuyg‘ular asiriga aylanishlari zarur bo‘ladi. Ulargina bugun sizni yaxshiliklar va to‘kinlik sari etaklaydi. Moddiy ahvolingiz yaxshidan-da yaxshiroq, shunday ekan, do‘kon aylanishga bemalol jazm etsangiz yarashadi. Juftingiz kechqurun sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yish ehtimoli bor. Surunkali xastalikka chalinganlar albatta salomatlikka e’tibor qaratishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yig‘ilib qolgan muammolarni to‘liq bartaraf etish uchun yanada faolroq bo‘lishingiz lozim. Shaxsiy hayotni bir chetga sura turing, asosiy e’tiborni ishga qarating. Tushdan keyin moddiy jihatdan baquvvatlashishingiz kutilmoqda. Esda tuting, buyuk maqsadlarga to‘laqonli tarzda erishish uchun ba’zi zararli odatlardan voz kechish ham kerak bo‘ladi. Kechqurun salomatlikka e’tibor qaratib, tinchlantiruvchi dori ichib uxlang..

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 may kuni orzular ummonidan chiqing va real hayot haqida fikr yuriting. Sizga xuddi shu reallik bugun har jihatdan ko‘mak bera oladi. Oila qurmaganlar bugun uchrashuvga chiqishlari mumkin. Ba’zilar tanlaganiga aynan 15 may kuni dil izhorini aytib qolsa ham ajab emas. Ijod kishilarining omadi bugun kelgandan keladi. Ular xayolot olamining yuksak cho‘qqilarida turgan holda bir hatlab haqiqiy reallik cho‘qqilariga o‘tishadi. Ana shu erda ularni moddiy etuklik intizor kutayotgan bo‘ladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun yaqin do‘stlardan biri sizni mehmonga taklif etishi kutiladi. Bu olis yo‘l bo‘lgani bois kunning biirinchi yarmidayoq yo‘lga chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo ishxonadagi ishlarni ham tartibga keltirib qo‘ymasangiz bo‘lmaydi. Moliyaviy jihatdan 15 may kuni noliydigan darajada qolmaysiz. Faqat salomatlikni asrashingiz kerak bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 may kuni ishga bor bo‘yingiz bilan kirishishingiz kutiladi. Rahbarlarning talabi shunday bo‘ladi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun esa badavlat tanishlarga murojaat eting, ular albatta ko‘maklashib yuborishadi. Bugun har qanday turdagi majlislar, tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan kelishuvlar, yangi shartnomalarni imzolash amallari muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun yaqin insonlarga nisbatan avvalgidan-da mehrliroq bo‘ling. O‘z fikrlaringizni boshqalarnikidan yuqori qo‘ymang. Shunda atrofdagilar bilan til topishishingiz osonroq kechadi. Ayniqsa, yuragi tor odamlar bilan janjallashmaysiz. Agar juftingizni haqiqatan qadrlasangiz, tanqid qilish, rashkkka erk berishni yig‘ishtiring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 may kuni siz o‘zgalar nazarida go‘yo psixologga aylanishingiz mumkin. Odamlar bilan munosabatlarda ularga maslahatlar bera boshlaysiz, hech kimga ma’lum bo‘lmagan qoidalarni uqtirishga tushasiz. Kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. U kelgusida yaqin do‘stlaringiz qatoriga ham kirishi mumkin. Oshqozonda muammo bo‘lmasin desangiz, ovqatni tanlab, tekshirib ko‘rgachgina tanovul qiling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 15 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...