00:28 / 29.05.2017
7 651

Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..

Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..
Tipratikon ayiq bolasidan so‘radi:
— Agar burun qichisa, nima bo‘ladi?
— To‘yib suv ichasan.
— Quloq qizisa-chi?
— Seni kimdir eslayotgan bo‘ladi.
— O‘ng kaft qichisa-chi?
— Qo‘lingga pul tushadi.
— Chapi qichisa nima bo‘ladi?
— Kimgadir pul berasan.
— O‘ng oyoq qichisa-chi?
— Vey, tipratikon, ko‘lga borib cho‘milib kelsang bo‘larmidi…
* * *
Erkak to‘tiqushini gapirishga o‘rgatyapti:
— Men yurishni bilaman.
— Men yurishni bilaman.
— Men gapirishni bilaman.
— Men gapirishni bilaman.
— Men ucha olaman.
— Aldamang.
* * *
Erkak katta ko‘chada ulkan bochkani yumalatib ketayotgandi. Do‘sti ko‘rib qolib so‘radi:
— Bochkani nima qilasan?
— Tijorat qilmoqchiman.
— Qanaqa tijorat?
— Bugun do‘xtirlarga analiz topshirgandim. Ishonasanmi, qonimda katta miqdorda qand moddasi bor emish.
* * *
Erkak kompyuter qarshisida o‘tirgandi. Kutilmaganda derazadan qog‘ozga o‘ralgan g‘isht uchib kirib to‘g‘ri monitorga tegdi. Monitor sindi. Erkak sekin g‘ishtni qog‘ozdan olib qarasa, qog‘ozga quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilibdi:
— Yangi monitor sotaman!
* * *
— Og‘ayni, bilasanmi, boyib ketishning zo‘r yo‘lini topdim!
— Topgan bo‘lsang, juda yaxshi. Lekin aytib qo‘yay, sen mendan o‘tgan kunigina qarz olgansan.
* * *
Birinchi o‘qish kuni. Muallima birinchi sinfga kelgan o‘quvchilarni partalarga o‘tqazib chiqyapti.
— Shahnoz, Eshmat bilan bir partada o‘tirasan!
— U bilan o‘tirmayman.
— Voy, nega?
— Uning sevgan qizi «1-A»da!
* * *
O‘limga mahkum etilgan odam jallodga dedi:
— Men bu kundaga boshimni qo‘yishdan bosh tortaman. Kundani ikki barobar pastga tushiring!
— Nega?
— Chunki, bu balandlikdan boshim pastga yumalab tushsa, miya chayqalish kasaliga uchrashdan qo‘rqaman.
* * *
— Ishonasanmi, kecha shaxsan Kasparov bilan oshxonada bir stol atrofida o‘tirdim.
— Nima bo‘pti?
— E, tuzni uzatib yuboring desam, naq qirq besh daqiqa kuttirdi.
* * *
Nobel mukofoti sovrindoridan jurnalist so‘radi:
— Siz qanday yangilik yaratdingiz fanda?
— E, xotinim har kuni qorong‘i tushishi bilan bosh og‘rig‘idan shikoyat qilib chiqardi. Shu masala ustida uzoq vaqt bosh qotirdim, izlandim. Oxiri topdim.
— Yangicha superanalgin o‘ylab topdingizmi?
— Yo‘q, qo‘shni a±lning eshigi har kuni kechasi ochiq qolishini bilib qoldim.
* * *
Amaldorning tavbasi:
— Kun bo‘yi chop-choplar shu qadar ko‘p… Qiynalib ketaman… Oqibatda, uyga arang kirib kelaman… Cho‘ntakdagi dasta-dasta pullarni chiqarib stolga qo‘yishgayam kuch yo‘q… Turmaga o‘xshaydi bu hayot…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..