21:48 / 29.05.2017
8 446

30 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

30 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yulduzlar shaxsiy hayotingizda chalkashliklar, tushunmovchiliklar yuzaga kelishini bashorat qilishgan. Ish joyingizda esa aksincha, xotirjamlik hukm suradi. Faqat kuchingizni har bir bir yumushga to‘g‘ri sarflay biling, yo‘qsa jismoniy zo‘riqishdan jabr ko‘rishingiz mumkin. Salomatligingizdan bugun shikoyat qilmaysiz, o‘zingizni yaxshi his etasiz. Kechqurun toza havodan ko‘proq nafas olsangiz bas. Moddiy jihatdan ham muammo ko‘zga tashlanmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 may kuni avval o‘zgalar, tanishlar, do‘stlar muammolarini bartaraf etishda yaqindan ko‘maklashasiz. Ana undan keyin o‘z ishlaringizni bajarishga kirishasiz. Bugun ijodkorlar uchun muvaffaqiyatli kechadi. Boshqa kasb egalari ham miyada paydo bo‘luvchi yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq eta bilishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun olisdan yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Salomatlikni alohida nazorat qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar mavqe masalasida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslikni maslahat berishmoqda. Undan ko‘ra tinchgina har kungi ishlaringizni amalga oshirishda davom eting. Ular sizga albatta muvaffaqiyat hadya etadi. Kechqurun kimdir sizni ziyofatga taklif etishi mumkin. Bu ziyofat kayfiyatingizni yanada yaxshilaydi. Dam oling, kuch yig‘ing, sog‘liq haqida qayg‘uring. Moddiy ahvolingiz har qanday darajadagi xaridlarni amalga oshirish uchun etarli.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 may kunning birinchi yarmida qisqa masofaga xizmat safari bilan jo‘nashingiz kutiladi. Bu safar qisqa bo‘lishiga qaramay, siz uchun juda qiziqarli kechadi. Kun davomida nafaqat ish, balki atrofdagilar bilan shaxsiy munosabatlarni ham yanada mustahkamlashga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida tasodifan bolalikdagi do‘stingiz bilan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan taomlarni iste’mol qilmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar bugun har bir ishda ijobiy natijalarga erishish uchun birinchi navbatda hamkasblar bilan munosabatlarni iliq holda ushlay bilishingiz kerakligini uqtirishmoqda. Kun davomida kimdir sizdan olgan qarzini qaytarishi kutiladi. Shu pullar moddiy ahvolingizni mustahkamlaydi. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda esa muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Juftingiz bilan xotirjamlikda kunni kech qilasiz. Kechqurun vaqtingizni juftingiz uchun bag‘ishlang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 may kuni faqat mavqe, obro‘ ketidan quvmang-u, juftingizga, oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi taqdirdoshingizga e’tibor qaratib qo‘ying. Aks holda bir kun kelib munosabatlarda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga bormay yaxshilanadi. Oilasiz do‘stlarimiz hayotida bugun bir voqea sodir bo‘ladiki, shuning ta’sirida hayot butkul o‘zgarib ketishi hech gap emas.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun jufti bilan birgalikda uy-joy yoki xususiy mulk sotib olish harakatiga tushganlar daf’atan janjallashib qolishlari mumkin. Agar siz bosiq bo‘lsangiz, o‘zingizni tiya bilsangiz, bu katta janjalga aylanmaydi. Ish joyida yangi loyihalar o‘ylab topganlarni rahbarlar moddiy rag‘bat bilan olqishlaydi. Ammo hasad qiluvchilar ham topiladi. Siz ana o‘shalardan ehtiyot bo‘ling. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
30 may kuni ish joyingizga yangi xodim kelishi sizni biroz mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin. U bilan til topishishingiz qiyinroq kechadi. Bugun oldindan rejalashtirilgan safar va sobiq sinfdoshlar bilan uchrashuv muvaffaqiyatli kechadi. Agar yangi loyihalarni amalga oshirish niyatida bo‘lsangiz, bu ishni yolg‘iz emas, do‘stlar yoki hamkasblardan biri bilan birgalikda bajaring. Shunda loyiha siz kutgan daromadni albatta taqdim etadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun oilasizlar suyukli insoni bilan navbatdagi uchrashuvga yo‘l olishlari mumkin. Ehtiroslar, tuyg‘ular, hayajonlar sizni yana jannatiy lahzalarga oshno etadi. Ishda hasad va g‘iybatni xush ko‘radigan hamkasblardan nariroq bo‘ling. Ularga sir aytmang. 30 may kuni olis safarga chiqish muvaffaqiyat keltirmaydi. Kechqurun bosh og‘rig‘idan biroz qiynalishingiz kutiladi. Buni oddiy analgetik yordamida bartaraf etsa bo‘ladi. Tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishini yulduzlar bashorat qilishgan.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
30 may kuni badavlat kimsalar himoyasida bo‘lgan bir odam bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Bu vaziyatda sizga faqat aql bilan ish tutish, har bir gapni o‘ylab gapirishgina asqotadi. Moddiy ahvolingizni o‘zingiz xohlagandek darajada yaxshilash uchun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz kerak bo‘ladi. Ruhiy jihatdan sizga dam beruvchi, lazzat bag‘ishlovchi ish topsangiz, yanada oshig‘ingiz olchi bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun sizga yaxshi kunni va’da qilishmaydi. Lekin fojia yasaydigan darajadagi ko‘ngilsizliklar ham sodir bo‘lmaydi. Ishni sifati masalasida, pul topishda ba’zi to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin xolos. Salomatlikni mustahkamlash uchun asqotadigan barcha mashg‘ulotlar bugun xayrli kechadi. Velosipedda sayr qilsangiz ham sog‘lig‘ingiz faqat yaxshi tarafga o‘zgaradi. Kechqurun iftorlikni yaqin do‘stlardan birinikida qilishingiz kutiladi. Ro‘za tutmagan bo‘lsangiz, ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatishni unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 may kuni ishni ikkinchi planga qo‘yib, tashqi ko‘rinishingiz hamda salomatlikni mustahkamlash bilan shug‘ullaning. Bugun to‘ylar, yubiley va nikohdan o‘tish marosimlari muvaffaqiyatli kechadi. Moddiy masalada to‘siqlar mavjud. Lekin kechqurun bu muammo ham bartaraf etiladi. 30 may kuni uy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanmang, chuv tushib qolishingiz ehtimoli bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 30 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...