08:10 / 02.06.2017
24 395

O‘zingizga yoqqan gulni tanlang va o‘zingiz haqingizda bilib oling

O‘zingizga yoqqan gulni tanlang va  o‘zingiz haqingizda bilib oling
Yoqqan gulni tanlagan bo‘lsangiz, endi o‘zingiz haqingizda bilib oling:
1-gul. Nazokatli ayollar toifasiga kirish bilan birga, e’tiborni o‘zingizga torta oluvchilardansiz. Qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, doim e’tiborni jalb eta olasiz va muhokama markaziga ham aylanasiz. Bu sizni hech tashvishga solmaydi. Atrofdagilarning tanqidlari sizni qiziqtirmaydi va ularning sizga bergan bahosi ham muhim ahamiyatga ega emas. Bundaylarga erkaklar juda tez ko‘ngil qo‘yadi va shu bois boshqa ayollar sizga hasad ham qiladi. Insonlarga ishonishingiz juda qiyin, biroq ishondingizmi, buning uchun tog‘ni talqon qilishga tayyorsiz. Sizga uzun etakli ko‘ylaklar va och yorqin rangdagi lab bo‘yoqlari yarashadi.
2-gul. Ko‘pchilik erkaklar orzu qiladigan yoqimtoy, romantik, nazokatli ayolsiz. Sovg‘a, tuhfalar qabul qilishni juda xush ko‘rasiz. Sizdagi iliqlik, tabiiylik, sofdillik ko‘pchilikni o‘zingizga jalb etishdagi asosiy sabablardan biridir. Hayotda qo‘lga kiritishni xohlagan barcha istaklaringizga doim erishasiz va bunga odatlangansiz ham. Sizga mayda gulli ko‘ylaklar yarashadi va chiroyi­ngizga chiroy qo‘shadi.
3-gul. Yaxshi taraflaringiz juda ko‘pligidan qay biri asosiy ekanini darrov aniqlab olish qiyin. Rostgo‘y, sofdil, beg‘uborsiz. Hayotdagi qiyinchilik, tashvishlarni doim ishonch yordamida engasiz. Pazandasiz, har qanday sharoitda ham qulaylik, shinamlik yarata olasiz. Bunday ayollar barcha erkaklarning orzusi deyish mumkin. Ammo o‘z juftingizni tez uchrata olmaysiz. Biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Bunday ayol uchun muhimi, erkak kishining g‘amxo‘rligidir. Asosan, oq va qora rangdagi ko‘ylaklar yarashadi va sizdagi tabiiy go‘zallikni oshiradi.
4-gul. Quvnoq, quyosh kabi yorqin ayolsiz. Tabassumingiz har qanday erkak qalbini erita oladi, hatto, muzlaganlarini ham. Bunday ayol erkaklar e’tiborini juda xush ko‘radi. Shu sababdan ham asosan, erkaklar bilan do‘stlashadi va oxir-oqibat unga oshiq bo‘lib qolishadi. Ko‘pchilikni o‘zingizga yaqin olavermaysiz. Biror inson yaqinlasha boshladimi, demak, sizdan yaxshisi topilmagan. Tashqi ko‘rinish ustida ishlashni yoqtirasiz. Sizga noodatiy soch turmagi va o‘zgacha ko‘ylaklar juda yarashadi.
5-gul. Yoshligingizdanoq chiroy va latofatingiz haqida doim boshqalardan eshitgansiz. Balki aynan, shu jihati­ngiz odamlarning tashqi ko‘rinishiga emas, ichki qalb go‘zalligiga qarab tanlashingizga sabab bo‘lgandir. Ularga baho berishda deyarli adashmaysiz. Garchand buni o‘zlari aytishmasa-da, ularning nima xayolda ekanini ham bilib turasiz. Ko‘p dugonalaringiz sizga maslahat so‘rab murojaat qilishadi. Albatta, ko‘p erkaklar sizga oshiq bo‘ladi, lekin hayot yo‘lingiz uchun eng mosini tanlay olasiz. Hamyoningiz juda kamtar bo‘lsa ham bashang kiyinishni uddalaysiz.
6-gul. Juda o‘zgacha ayolsiz. Sizda muz va olov uyg‘unligi bor, desa ham bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishingiz sovuqqon va xotirjamdek tuyuladi. Ko‘nglingizga yo‘l topgan erkak bemalol o‘zini baxtli sanashi mumkin, sizni ham baxtli eta oladi. Faqat bittasini sevadiganlar toifasidansiz va buning uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha sabr qila olasiz ham. Erkaklarni rom etishda mahoratlisiz, ammo tashqi sovuqqonlik ularni masofa saqlashga majbur etadi.

Manba: od-press.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizga yoqqan gulni tanlang va o‘zingiz haqingizda bilib oling