09:53 / 06.06.2017
12 014

Bolani qanday chiniqtirish haqida qisqa va lo‘nda maslahatlar

Bolani qanday chiniqtirish haqida qisqa va lo‘nda maslahatlar
Agar ota-onalar haqiqatan ham jiddiy ravishda bolaning sog‘lig‘ini mustahkamlamoqchi bo‘lishsa, unda ular bolalarga mos chiniqtirish tizimi ko‘pgina tadbirlar va amallarni o‘z ichiga olishini bilishga majburdirlar. Bolani to‘g‘ri chiniqtirish uchun oiladagilarning hammasi o‘z yashash tarzini qaytadan ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri keladi…

Bolani chiniqtirish uchun rioya qilinadigan an’anaviy qoidalar quyidagicha:
  • Har kuni va har qanday ob-havoda ham sayr qilish (ba’zi istisnolardan tashqari).
  • Eyishga majbur qilmaslik.
  • Har qanday jismoniy mashqlarni rag‘batlantirish – bola faol harakat qiladigan har qanday qiziqish va har qanday o‘yinlar to‘g‘ri keladi.
  • Har qanday sharoitda ham bolani shahardan tashqariga, tabiat qo‘yniga chiqarib turish.
  • Maishiy kimyoviy mahsulotlar bilan aloqani kamaytirishga harakat qilish.
  • Aqliy mehnat talab qilinadigan mashg‘ulotlarni oqilona joylashtirish (agar bola uzoq vaqt va tez-tez kasal bo‘lib tursa, aslini olganda balki siz uni yozdirgan 2-3 ta to‘garak ortiqchalik qilishi ham mumkin).
  • Bolalar xonasida sog‘lom iqlimni tutib turish — mo‘’tadil harorat bilan va etarlicha namlikda.
  • Agar istasangiz — muntazam ravishda bolalar bilan birga oddiy chiniqtiruvchi mashqlar to‘plamini bajarish.

Albatta, bunday yashash tarzini yaratish ota-onalardan jiddiy harakatlarni talab qiladi: axir bolani hadeb kun bo‘yi o‘rmonga yoki daryo bo‘yiga olib borish uchun otaning ham, onaning «issiq joyidan qo‘zg‘alishi»ga to‘g‘ri keladi-da…

Lekin natija ko‘ringanidan ham yoqimliroq — nafaqat bolaning bir o‘zi, balki butun oila a’zolari ham sog‘lom bo‘ladi!

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolani qanday chiniqtirish haqida qisqa va lo‘nda maslahatlar