18:25 / 08.06.2017
6 923

Kiyimlarni mukammal ravishda dazmollashning 8 siri

Kiyimlarni mukammal ravishda dazmollashning 8 siri
Bu maslahatlar buyumlar va dazmolning umrini uzaytirishga yordam beradi, shuningdek dazmollash jarayonini osonlashtiradi.

1. Quruq matoni dazmollamang

Quruq kiyimdagi burishgan joylarni ketkazishga urinish — foydasiz ish. Shuning uchun g‘ijimlangan buyumlarni ho‘llang yoki bug‘lash rejimidan foydalaning.

2. Dazmollashni past haroratli rejimda boshlang

Dazmollar sovishga qaraganda ancha tezroq qiziydi.

Agar siz turli xildagi buyumlarni dazmollamoqchi bo‘lsangiz, past harorat talab qiladiganlaridan boshlang.

Boshida ipak va poliesterdan qilingan kiyimlarni, keyin esa paxtali matodan tayyorlanganlarini dazmollang. Bunda siz vaqtni tejaysiz va qizib ketgan dazmol yordamida nozik matoli kiyimlarni buzilishdan saqlaysiz.

3. Har qanday tushunarsiz holatlarda past haroratni tanlang

Agar buyum aralash matolardan tayyorlangan bo‘lsa, eng past harorat talab qiladigan mato uchun rejim tanlang.

4. Vodoprovod suvidan foydalanishdan qo‘rqmang

Zamonaviy modeldagi dazmollar oddiy oqar suvlarida ham ishlaydi. Shuning uchun dazmollashda albatta distillangan suvdan foydalanishingiz shart emas.

5. Dazmolni tozalang

Kiyimlarni buzib yoki dog‘ qilib qo‘ymaslik uchun, dazmollarni har doim kuyindidan tozalang. Buni maxsus tozalovchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin.

6. Dazmollashdan keyin rezervuardagi suvni to‘king

Dazmol ichida qolgan suv uning ichki qismlariga yoki tagiga zarar etkazishi mumkin.

7. Qulay dazmol taxtasidan foydalaning

Yaqin vaqtlargacha dazmollash taxtalarining tuzilishi deyarli o‘zgarmagan edi. Lekin hozir 360 darajagacha o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan modellar paydo bo‘ldi. Bunday taxtalar sizning vaqtingizni va kuchingizni tejaydi.

8. Matoni torting

Dazmol taxta ustida kiyimni to‘g‘rilash oson. Agar siz qo‘lda bug‘lovchi moslamadan foydalanayotgan bo‘lsangiz va kiyim ilingan bo‘lsa, uni ehtiyotlik bilan pastga torting. Shunda u yaxshiroq dazmollanadi.

Manba: «Layfxaker» va «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kiyimlarni mukammal ravishda dazmollashning 8 siri