11:35 / 12.06.2017
12 049

Barra go‘sht sotib olish va uni dudlab pishirish uchun kerakli tavsiyalar

Barra go‘sht sotib olish va uni dudlab pishirish uchun kerakli tavsiyalar
Go‘shtlar oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, fermentlar, vitaminlar (A, V, D, E, R) boshqa azotli moddalar va mineral tuzlarga boy yuqori ozuqaviy mahsulot bo‘lib, ular mayinligi, mazasi va rangi bo‘yicha baholanadi.

Go‘shtning mayinligi va mazasi u qayta ishlangandan so‘ng bilinsa, rangi xarid qilingandayoq ko‘rinadi. Bu ko‘rsatkichlardan eng asosiysi, ayniqsa, mol go‘shti uchun, uning mayinligidir.

Go‘shtning yana bir sifat ko‘rsatkichi uning rangidir. Go‘sht to‘qimalari tarkibidagi oksimioglobin pigmenti go‘shtga chiroyli qizil rang bersa, bu pigment havoda oksidlanib jigarrang-qizil pigment metmioglobinga aylanadi.

Dudlangan go‘sht mahsulotlari mol, qo‘y, cho‘chqa va parranda go‘shtlarining maxsus joylaridan olingan bo‘laklardan tayyorlanadi. Ishlov berish usuliga ko‘ra, xom dudlangan, qaynatib-dudlangan va dudlab-qaynatilgan turlari ishlab chiqariladi. Buning uchun bo‘laklari tuzlab qo‘yiladi, so‘ngra quritilib, dudlanadi.

Dudlash 18-200 C haroratda maxsus yog‘och-o‘tinning chala yonishidan hosil bo‘lgan tutun bilan 5 sutka davomida dudlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Barra go‘sht sotib olish va uni dudlab pishirish uchun kerakli tavsiyalar