Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul?

  • 19 iyun 2017, 10:03
  • 11 573
  • Hayot tarzi
  • Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul?
    Sport inson umrini uzaytiradi, sog‘-salomat hayot kechirishiga zamin hozirlaydi. U insonning aqliy, axloqiy, mehnat va nafosat tarbiyalariga ham ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, shaxsni komillikka etaklaydi.

    Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiyali shaxs jismonan kuchli bo‘lishi, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish kabi jismoniy mahoratga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaganlar. Bu ahli donishlarning jismoniy tarbiya borasidagi fikrlari yillar o‘tgani sayin sayqal topib, mukammallashib bormoqda.

    Men ham bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlayman, nafaqat yigitlar, balki qizlarning, ayollarning ham sport bilan shug‘ullanishiga ijobiy hodisa sifatida qarayman.

    Ammo qizlarimiz qizlarga mos bo‘lgan sport turlari – gimnastika, tennis, suzish, aerobika bilan shug‘ullanishsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qizlar sportning juda katta jismoniy kuch talab qiladigan dzyu-do, tosh ko‘tarish, kurash kabi turlari bilan shug‘ullanishsa, og‘ir-og‘ir toshlar ko‘tarishsa, maydonda bir-birini tepsa, yoqalaridan olsa, tashqaridan qaragan ko‘zga chiroyli ko‘rinmas ekan. Sportning bunday turlari qizlarni biroz dag‘allashtirib qo‘yadigandek, nazarimda. Nazokat va nafosat qiz bola, ayol kishi uchun salomatlik qadar zaruriyatdir.

    Manba: Mulohaza.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul?