21:56 / 22.06.2017
6 946

23 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

23 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
23 iyunda hamkasblar orasidagi obro‘ingizni yanada mustahkamlab olishga harakat qiling. Agar ularning qaysidir biri sizga nisbatan qo‘pol muomala qilsa, bunda butun jamoani ayblash shart emas. Shaxsiy hayotingizda favqulodda holatlar yuzaga kelishi mumkin. Salomatligingizni avaylab asrang. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmay turing, oshqozoningizda jiddiy muammo tug‘ilish xavfi bor.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 iyun kuni oiladagi mas’uliyatni o‘z zimmangizga olib, paydo bo‘la boshlagan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf eting. Albatta, bunga kun davomida moliyaviy ahvolingiz qay darajada bo‘lishi ham bog‘liq. Shuning uchun yo‘l-yo‘lakay moliya masalasini ham ijobiy hal etishingiz kerak bo‘ladi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar kelajak haqida qattiq qayg‘urishlari zarur. Kerak bo‘lsa, yangi rejalar tuzing va kelajakda o‘sha rejaga asoslangan holda ish tuting. Pulingizni yirik loyihalarga tikmay turing.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun egizaklar burjida tavallud topganlarning ba’zilari olis safarga otlanishlari kutiladi. Oldindan birinchi navbatda hujjatlarni ko‘zdan kechiring. Siz bilan oila a’zolaringizdan yana kimdir safarga otlanishi mumkin. Kechqurun salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Darhol bu muammoni ijobiy hal etishga harakat qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 iyun kuni ishda dangasalik, ko‘zbo‘yamachilikka aslo berila ko‘rmang. Buning natijasida qisqartirishga tushib qolishingiz turgan gap. Pulni aql bilan sarflang. Aks holda kechqurunga borib kissangiz quriydi. Katta ishlarga hozircha qo‘l urmang. Kun davomida mashina va uy ta’miri bilan shug‘ullanishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni asrang. Ko‘cha ovqatini emang. Oshqozoningiz ishdan chiqishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun jamiyatdagi hurmat va obro‘yingizga putur etishidan saqlaning. Bunga ko‘cha-ko‘ydagi yengil tabiatlilar bilan muloqotingiz sababchi bo‘lishi mumkin. Oilali bo‘lsangiz, bu yo‘ldan qayting. Oilasizlarga ham bunday muloqotlar yaxshilik hadya etmaydi. Oiladagilardan kim bilandir pul masalasida janjallashib qolishingiz kutiladi. Basharti qarzingiz bo‘lsa, bugun albatta qaytaring, shunda topganingizga yanada baraka kiradi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 iyun kunning birinchi yarmida qog‘ozbozlik deb atalgan bosh og‘riqdan nariroq yurishga harakat qiling. Keyin boshqa ishlarga qo‘l ursangiz yarashadi. Ish joyingizdagi o‘ta faolligingiz hamkasblarning qaysidir biriga yoqib tushmasligi mumkin. Parvo qilmang, hasadgo‘y odamni bir kun kelib hayotning o‘zi tarbiyalab qo‘yadi. Kunning ikkinchi yarmida tuyqusdan xastalikka yo‘liqqan qarindoshlardan xabar oling, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiyroq shug‘ullaning. O‘zingizni ehtiyot qilishni ham unutib qo‘ymang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun yangi tanishlar, do‘stlar orttirmaslikni maslahat berishmoqda. Bugun orttirgan do‘stlar ikkiyuzlamachi chiqib qolishi mumkin. Muhabbatda oilasizlar sezilarli darajada muvaffaqiyat qozonishadi. Tanlaganingizni hayratga sola bilasiz. Har bir masalada darrov garov o‘ynashni xush ko‘radiganlarga bugun haqligingizni isbotlashga urinmang. Kechqurun oila davrasida dam oling. Bu ertangi kun uchun kuch yig‘ishingizga turtki bo‘ladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 iyun kuni rahbarlar tanqidiga uchramay desangiz, ishga o‘z vaqtida keling va vazifangizni ham sidqidildan ado etib qo‘ying. Shunda tanqidga qolmaysiz. Mavqeingizni ko‘tarib olishingiz uchun ham shu narsalar katta yordam berishi mumkin. Havoning isib ketishi sababli daryo, anhorlarda cho‘milishni ixtiyor etsangiz, ehtiyot bo‘ling. Spirtli ichimliklardan yuz o‘giring. Hech qachon oqimga qarshi suzmang! Kechqurun olisda yashaydigan do‘stlardan birinikida yangi mehmon paydo bo‘lish ehtimoli bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun yulduzlar ishlaringiz baroridan kelishini bashorat qilishgan. Nimani istasangiz, orzulasangiz, albatta amalga oshishi kerak. Yulduzlarning va’dasi ham shunday. Qog‘ozbozlikdek bosh og‘rig‘i asablaringizni tarang torttirishi kutiladi. Ammo shularsiz moliyaviy muammolar hal bo‘lmaydi. Kechqurun cho‘ntaklaringiz pulga to‘ladi, do‘konga borib ajoyib xaridlarni amalga oshirasiz. Faqat pulingiz ko‘pligini birovlarga gullab qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 iyun kunning birinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri sizni boplab aldashi mumkin. Darhol javob qaytarishga shoshilmang. Yaxshisi, uni xudoga topshiring. Yaratganning o‘zi hisob-kitobini qilib olaveradi. Oilasizlar muhabbat bobida artistona yo‘l tutsalargina maqsadga etishadi. Busiz romantika nasib etmaydigan bo‘lib turibdi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar sizga o‘ta quvnoq va barakali kunni va’da qilishgan. Kayfiyatingiz o‘z-o‘zidan ko‘tarilib, ishlar oson bita boshlaydi. Har tarafdan qo‘shimcha daromadli ish taklif eta boshlaydilar. Siz ular orasidan eng yaxshilarini tanlab oling. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Salomatlikni asrang, yog‘li, sho‘r taomlarni iste’mol qilmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 iyun kuni miyangiz yangi g‘oya va ilhomga to‘lib-toshadi. Qarindoshlar, yaqinlar bilan munosabatlarda ijobiy o‘zgarish seziladi. Tijoratchilar ham hamkorlar bilan yangi kelishuvlarga erishishadi. Yolg‘izlarga xudo qo‘shqo‘llab beradigan bo‘lib turibdi. Ba’zilar aynan bugun to‘y kunini belgilashlari ham ehtimoldan yiroq emas. Kechqurun bosh og‘rig‘i, yurak bezovtaligidan azoblanishingiz kutiladi. Bunga atmosferada kuzatilayotgan magnit bo‘ronlari sabab bo‘lishi tayin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 23 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..