23:01 / 01.07.2017
6 341

2 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

2 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yulduzlar ishlaringiz albatta baroridan kelishini va’da qilishgan. Agar erta tongda yaxshi niyat bilan ish boshlasangiz, niyatingizga etasiz. Kun davomida do‘stlardan yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi. Uydagilaringiz bilan esa munosabatlarda ehtiyot bo‘ling, orangizda janjal chiqishi mumkin. Basharti muammolaringiz hadeganda hal bo‘lavermasa, sira ikkilanmasdan yuqori lavozimli shaxslarga murojaat eting. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
2 iyul kuni sizni yirik xaridlar va yoshlikdagi eng yaqin insoningiz bilan uchrashuv kutadi. Bunday vaziyatda o‘zingizni tuta bilishingiz kerak, his-tuyg‘ularni jilovlay olishingiz zarur. Kun davomida xizmat safariga jo‘nashingiz ehtimoli bor. Bu safar keyinchalik lavozimingiz oshishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bugun oilasizlarning omadi chopadi. Nihoyat qidirgan insoningizni topasiz. Salomatligingizga jiddiy e’tibor bering.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi bugungi kuningizni boshlab beradi. Oilasizlar ko‘chada haqiqiy muhabbatini uchratib, yoqimli lahzalarni boshdan kechirishi kutiladi. Oilalilar esa tashqarida ishqiy munosabatlarga zo‘r bermasliklari tavsiya qilinadi. Bu harakatlar yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Agar ruhiy etuklikka erishish niyatingiz bo‘lsa, yoga va meditasiya bilan shug‘ullaning. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling, taomlar iste’molida hushyor bo‘ling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
2 iyul kuni muhim qarorlar chiqaradigan kuningiz. Bu oilaviy, ish masalasida bo‘lishi mumkin. Agar biror ishni amalga oshirishda aqliy yoki jismoniy imkoniyatlaringiz etarli bo‘lmasa, yaqin do‘stlardan biriga yordam so‘rab murojaat eting. Salomatlikni tiklash uchun yulduzlar quyosh nuri, toza havo va suvdan foydalanishingizni maslahat berishadi. Meva, sabzavotlar iste’mol qilishni ham yodingizdan chiqarmang. Kechqurun kimdir sizni mehmonga taklif etishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun o‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonch va sergaklikni yo‘qotmang. Kun davomida ular sizga asqotib qolishi mumkin. Moliyaviy muammolar bugun sizning foydangizga hal bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun xarajatlarni buguncha kamaytirib turishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun asosiy vaqtingizni sevimli insoningiz, xobbingiz va dam olishga bag‘ishlasangiz ziyon bo‘lmasdi. Uxlashga yotishdan oldin toza havo sayrini amalga oshiring. Bu ertangi kun uchun qo‘shimcha kuch yig‘ishda yordam beradi. 2 iyul kuni firibgarlarga aldanib qolishdan saqlaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
2 iyul kuni juftingiz bilan orangizda tushunib bo‘lmaydigan holatlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bahslashishni to‘xtating, u hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Bugun jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning, salomatligingizga putur etishi mumkin. Ixtiyoringizdagi zahira pullarni saqlab qolish uchun qo‘shimcha xarajatlardan voz keching. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazoratdan qo‘ymang. Ayniqsa, surunkali xastalikka yo‘liqqanlar har soatda qon bosimini o‘lchatib turishsa ham zarar bo‘lmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Oilasizlar muhabbatda biroz yo‘ldan chiqishlari mumkin. Lekin shoshma-shosharlik, kalta o‘ylash bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Agar sizga tanlaganingizning qaysidir xislati yoqmasa, buni oshkor aytishingiz kerak. Chunki betga aytganning zahri bo‘lmaydi. Kunduzi rasmiy idoralarda ishlaydiganlar bilan uchrashib fikr almashishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida boshqa shaharga safar qilishingiz kutiladi. Faqat yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Safar sizga muhim rejalarni amalga oshirish uchun imkon yaratadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
2 iyulda moliyaviy masalalarda kimlar bilandir bahslashishingizga to‘g‘ri keladi. Tilga erk bermang va ishni xamirdan qil sug‘urgandek o‘z foydangizga hal qilish harakatida bo‘ling. Ilgarigi rejalardan voz keching, bugungi kun bilan yashang. Muhabbatda sinov usullaridan zinhor foydalanmang. O‘zingizga ziyon qilib qo‘yasiz. Kechqurun oila davrasida dam oling. Gazlangan ichimliklar ichishdan tiyiling. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydigan bo‘lib turibdi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kuningiz juda xayrli va yoqimli kechadi. Atrofdagilar amalga oshirgan har bir ishinizni olqishlaydi. Biroq tushdan keyin birovning aybi bilan asabiylashishga majbur bo‘lishingiz mumkin. Oilasizlarning ba’zilari bugun muhabbat mevasini ilk bor totib ko‘rishadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
2 iyulda tijorat sohasida ishlaydiganlar raqobatchilar bilan g‘ijillashib qolishlari mumkin. Prinsiplaringizdan aslo voz kechmang, aks holda niyati buzuqlar sizni osongina chuv tushirib ketishi hech gap emas. Bugun olis safarga chiqish muvaffaqiyat keltirmaydi. Ayniqsa, safarga umuman tayyor bo‘lmasangiz, bu haqda o‘ylamaganingiz ma’qul. Kechqurun sog‘lig‘ingiz sal bezovta qilishi kutiladi. To‘laqonli ko‘rikdan o‘tib qo‘yishingiz zarurga o‘xshaydi. Bugun muhim hujjatlarga imzo qo‘ymang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun o‘zingiz sadoqatli emas deb hisoblaydigan do‘stlardan rosmanasiga yuz buring. Ular baribir bir kuni sizga yomonlik qilishdan tiyila olmaydi. Muammolaringiz juda ko‘p. Ammo 2 iyul kuni ularning eng shoshilinchlarinigina bartaraf eting. Bugun jarrohlik amaliyoti, moliyaviy jihatdan sodir etiladigan harakatlar omadsiz kechadi. Katta pul yo‘qotishingiz ehtimoli bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
2 iyul kuni bir ish bilan chegaralanib qolishingiz maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Boshingizga qo‘shimcha tashvishlar yog‘iladi. Mabodo tabiat qo‘ynida dam olib qaytishni oldindan rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu rejalardan voz kechish yaramaydi. Juftingiz bilan kunning ikkinchi yarmida janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Bosh, oyoqlar og‘rig‘idan azoblanayotgan bo‘lsangiz, oldini oling. Albatta vrach ko‘rigidan o‘ting.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..