Tirnoqlar insonning jismoniy salomatligiga doir ba’zi muammolarga ishora qilishi mumkin. Tirnoqlar orqali sog‘lig‘ingiz haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning tabiiy rangi va shakliga e’tibor qaratish lozim. Bu haqda "Ortodoks" tibbiy portaliga tayanib «Kun.uz» sayti ma’lum qildi.
Sarg‘ish tirnoqlar inson sog‘lig‘ida muammolar borligidan dalolat beradi. Bunday tirnoqlar o‘pka va jigar kasalliklari, shuningdek qandli diabetga ishora qiladi. Psevdomonad onixiya - Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi natijasida yuzaga keladigan kamyob kasallik bo‘lib, suv yoki tuproqda yashaydi. Agar bakteriya tirnoq atrofiga o‘rnashgan bo‘lsa, tirnoq o‘sgach, u yashil-ko‘kish pigment hosil qiladi.
Agar tirnoqlarda qora chiziqlar bo‘lsa, bular odatda melanoma, terining xavfli o‘simtasiga shubha uyg‘otadi. Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmga vitamin va mikroelementlar etishmovchiligi natijasidir.
Tirnoq plastinasi tuzilishining o‘zgarishiga qarab ham ba’zi belgilarni ilg‘ash mumkin. Tirnoqlardagi mayda chuqurchalar tirnoq psoriazi kabi teri kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolidan darak beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi