18:03 / 09.07.2017
8 369

Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi

Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi
Qiziq, erkaklar ideal ayolni qanday tasavvur qilar ekan? Ular o‘zlariga juft tanlayotganda uning aqliy qobiliyatini birinchi o‘ringa qo‘yadimi? “AdMe.ru” nashri sizga ayol miyasi qanday mo‘’jizalarni dunyoga keltirishi mumkinligi haqidagi maqolani havola etadi.

Hech kimga sir emaski, aqllilik eng qimmatli fazilatdir. Yangi tadqiqotlar ayolning aqliy qobiliyati yuqoriligi juftining umrini uzaytirishini va aqli zaiflikdan himoya qilishini aniqladi. Bir tuxumli egizaklarning salomatligi tekshirilganda, odamning atrofidagi kishi uning aqliy qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgan.

Olimlar aqlli ayolga uylangan erkak uzoq va baxtli hayot kechirishini, Alsgeymer kasalligi va aqli zaiflikdan jabr ko‘rmasligini isbotladi. Masalan, intellektual boshqotirma o‘yinlar bu kasalliklarni bartaraf etib, erkak ongini charxlaydi. Mantiqan o‘ylab ko‘rilganda, bilimini oshirib boradigan aqlli ayol erining ham aqliy qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatar ekan.

Aqlli ayollarga uylangan erkaklar miyasi skaner qilinganda jismonan “zaiflik” aniqlangan bo‘lsa-da, biror bir kasallik belgisi yo‘qligi aniqlangan. Ular o‘zlarining o‘ta aqlliligiga va mehnatga yaroqliligiga ishonishgan.

Aberdin universitetining ruhiyat bo‘yicha professori Lorens Uolli (Lawrence Whalley) “Agar erkak uzoq umr ko‘rishni istasa, aqlli ayolga uylanishi lozim. Dunyoda faqatgina aqliy salohiyatgina insonni aqli zaiflikdan himoya qiladi”, dedi.

O‘z aqliy salohiyatiga ishongan qizlar voyaga etganda o‘ta mas’uliyatli va mustaqil bo‘lishadi. Aqliy qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘g‘il bolalar esa rafiqalari va turmush o‘rtoqlariga qulay muhitni yaratadilar. Odamlarga qiz bolaning aqli, uning tashqi go‘zalligidan ustun turishini tushuntirish qiyin. Shuning uchun mazkur tadqiqot o‘ziga rafiqa tanlayotganda uning aqliga e’tibor beradigan erkakka jismoniy va ruhiy tomondan sog‘lom bo‘lishiga oldindan e’tibor berishi lozimligiga shama qiladi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi