10:36 / 20.07.2017
5 922

Pensiyaga chiqqan kishilar uchun eng qulay davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi

Pensiyaga chiqqan kishilar uchun eng qulay davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi
Fransiyaning Natixis moliya korporasiyasining Global Retirement Index reytingida pensiyaga chiqqan kishilar uchun jahondagi eng qulay bo‘lgan davlatlar nomi keltirildi. Indeks ro‘yxatidan 43 mamlakat o‘rin olgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Reytingni tuzishda pensiyaga chiqish qulayligi to‘rt omil asosida baholandi: moliyaviy ahvol, moddiy ta’minlanganlik, hayot sifati va sog‘liq. Har bir omil 0 dan 100 foizgacha darajada baholandi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Norvegiya joy oldi – 86 foiz. Shveysariya (84%) va Islandiya (82%) mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni egallashgan bo‘lsa, Shvesiya (80%) va Yangi Zelandiya (80%) ilk beshlikka yakun yasab berdi.

Shuningdek, top-10likdan Avstraliya (78%), Germaniya (77%), Daniya (77%), Niderlandiya (77%) va Lyuksemburg (76%) joy oldi. Shu bilan birga, so‘nggi o‘rinlarni Braziliya (41%), Gresiya (40%) hamda Hindiston (12%) egallashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pensiyaga chiqqan kishilar uchun eng qulay davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi